Standartlari


  Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

2. 
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
303-308 
3. 
Glossariy 
309-322 
4. 
Ilovalar: 
323-364 
-
fan dasturi;
 
-
ishchi dastur; 
-
texnologik xarita; 
-
tarqatma material; 
-
testlar; 
-
ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini 
qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar; 
-
o’quv-uslubiy majmuaning elektron varianti. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



SO’Z BOShI 
 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro hisob tizimi taraqqiy 
ettirilishida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) muhim o’rin tutadi. 
BHXSlar mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni, jumladan iqtisodiy munosabatlarni 
rivojlantirish va mamlakatlarda investitsion muhitni yaxshilashda muhim vosita 
sifatida xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham kun sayin xalqaro standartlarni e’tirof 
etuvchi mamlakatlar soni oshib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi ham BHXSga 
o’tishning o’ziga xos yo’lini tanladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli 
“Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan, 2015-2018 yillarda barcha 
aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit 
standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni 
o’tkazishi va aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va 
korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yilning 1 iyuliga 
qadar aktsiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga 
muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlanishi lozimligi belgilangan. 
Bundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 
dekabrdagi PQ-2454-sonli “Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga asosan, 
aktsiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitaliga 15 foizdan kam bo’lmagan miqdorda 
xorijiy investorlarning ulushi jalb qilinishi lozimligi belgilangan. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, aktsiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy 
hisobotni tuzish va taqdim etish moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida 
tuzilishiga to’g’ri keladi. Chunki, undan xorijiy investorlar aktsiyadorlik 
jamiyatlarining moliyaviyviy hisobotlarini to’g’ridan to’g’ri tushunishiga va ishonch 
hosil qilish lozimligiga erishadi. 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXSlar) – bu Moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha Kengashi (MHXSK) tomonidan 
chiqarilgan standartlar va sharhlardir. Ular quyidagilarni qamrab oladi: 
(a) Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari; 
(b) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin