Standartlari


Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona
– bu qatnashchilaridan biri albatta xorijiy 
investor bo’lgan, xorijiy investitsiyaning aktsiya (hissa, pay)lar yoki ustav kapitalidagi hissasi 30 
foizdan va miqdori qonunchilikda belgilangan summadan kam bo’lmagan va ustav kapitalini o’z 
vaqtida shakllantirgan huquqiy shaxs. 
 
1.1.Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining asosiy mazmuni va uning 
buxgalterlarni tayyorlash tizimidagi o’rni
Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarda moliyaviy hisobotlarini milliy standartlardan xalqaro standartlar asosida 
tuzish muhim hisoblanib, xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni 
xorijiy investorlar tomonidan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishi va o’zining 
sarmoyasini kiritish bo’yicha engilliklar tug’diradi.
Buxgalteriya hisobi ma’lum bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida 
moliyaviy ma’lumotlarni aniqlash, qayta ishlash va moliyaviy hisobot shaklida 
faoliyat yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatiga qiziquvchi foydalanuvchilarga 



ma’lumotni yetkazib berishni amalga oshiradigan axborot tizimdir. Buxgalteriyaning 
maqsadi – turli foydalanuvchilarni ma’lumotga bo’lgan ehtiyojini, ushbu ma’lumotni 
olish uchun eng kam sarf-xarajatlar bilan qondirishdir. O’z-o’zidan ma’lumki 
qarorlarni qabul qilish uchun axborot tizimdan foydalanish natijasida olinishi 
mumkin bo’lgan iqtisodiy naflar ushbu tizimga ketgan xarajatlardan ustun bo’lishi 
lozim. 
Demak, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari predmeti bo’lib, xalqaro 
standartlar asosida pul ifodasida aks ettiriladigan xo’jalik mablag’lari, shu 
mablag’lar manbalari, ularning xo’jalik faoliyati va moliyaviy natijalari bo’lib 
hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moddiy va nomoddiy aktivlar, majburiyatlar, 
kapital, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan 
bog’liq bo’lgan xo’jalik,
 
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining ob’ektlari
hisoblanadi. 
Aktivlar - avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida olingan va 
korxona tomonidan nazorat qilinadigan, ularni foydalanishdan kelajakda iqtisodiy 
naf olinishi kutiladigan resurslardir. 
Majburiyatlar – bu avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida paydo 
bo’lgan korxonaning joriy qarzi, ushbu qarzlar qaytarilishi natijasida korxonaning 
iqtisodiy nafni o’z ichiga olgan resurslarni kamayishiga olib keladi. 
Xususiy kapital – bu barcha majburiyatlarni ayrgandan keyin korxonaning 
aktivlardagi bo’lgan ulushi. 
Foyda - bu xo’jalik sub’ektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo’lmagan 
faoliyat, hodisalar sharoitlar natijasida kapitalning ko’payishi bo’lib, xususiy 
kapitalga to’lanadigan kapital bundan mustasnodir. 
Zararlar – bu asosiy faoliyat va barcha xo’jalik muomalalari, hodisalar
sharoitlar natijasida xususiy kapitalning kamayishi bo’lib, harajatlar yoki xususiy 
kapitalning taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir. 
Foyda faoliyat natijalarini o’lchashda yoki boshqa ko’rsatkichlarni, ya’ni 
investitsiyani olib kelgan foydasi, bir aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda kabilarni 
asosi sifatida foydalanadi. Foydani o’lchash bilan bevosita bog’liq elementlar – bu 
daromadlar va xarajatlardir. 
Daromadlar – bu aktivlarni kelib tushishi yoki ko’payishi yoxud majburiyatlarni 
kamayishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni 
oshiradigan iqtisodiy naflarni ko’payishi, ammo aktsiyador kapitalga ta’sischilar 
tomonidan to’lanadigan badallar bundan mustasnodir. 
Xarajatlar - bu aktivlarni sarflanishi yoki yemirilishi yoxud majburiyatlarni 
ko’payishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni 
kamaytiradigan iqtisodiy naflarni kamayishi, ammo aktsiyador kapitalni ta’sischilar 
orasida taqsimlanishi bundan mustasnodir
2


Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin