Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
 
2
M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 1. 
p.102-104.


10 
1.2.Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita(MHXSQ)ning 
maqsadi va uning tavsifi 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot 
standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol 
o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: 
-
ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar 
uchun asos bo’lib xizmat qilish; 
-
hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida 
mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi (sanoati rifojlangan 
mamlakatlar bilan bir qatorda endi rivojlanib borayotgan bozorlar uchun, masalan, 
Xitoy, Osiyoning boshqa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari ham 
shular jumlasidandir); 
-
fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy hisobotni 
Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga mos ravishda tuzilishini talab qilgan 
hollarda; 
-
kapital bozorlari uchun standartlar ishlab chiqishda to’lig’icha Moliyaviy 
hisobotlar xalqaro standartlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi 
milliy organlar tomonidan ishlatishi; 
-
Moliyaviy 
hisobotning 
xalqaro 
standartlari 
talab 
qilinmaydigan 
mamlakatlarda ham kompaniyalarp soni ortganligi tufayli foydalanilishi. 
Yuqoridagilar tufayli Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda 
yanada kengroq foydalanilmoqda va tan olinmoqda. Hatto ba’zi mamlakatlar 
Moliyaviy Hisobotlar Xalqaro Standartlar (MHXS) ni o’z standartlaridek 
o’zgarishlarsiz ishlatishmoqda, ba’zilari esa mamlakat xususiyatidan kelib chiqib 
ba’zi o’zgarishlarni kiritmoqdalar. Ko’p millatli yirik kompaniyalar esa Moliyaviy 
hisobotlar 
xalqaro 
standartlaridan 
foydalanish 
ular 
uchun 
qulayligini 
ta’kidlashmoqda. 
Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarining tan olinishi va tobora ko’proq 
ishlatilishini isbotlovchi eng muhim voqealardan biri bu Qimmatbaho qog’ozlar va 
birjalar bo’yicha Komissiyalarning Xalqaro Tashkiloti tomonidan xorijiy kotirovkalar 
uchun Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarining asos qilib olinishidir. 
Evropa Komissiyasi esa Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga 
hisobotning va umuman buxgalteriya hisobining muvofiqlashishi nuqtai nazaridan 
Yevropa Ittifoqida adolatli va samarali raqobot muhitini saqlashda muhim ekanligini 
e’tirof 
etmoqda. 
Yevropa 
Komissiyasi 
moliviy 
hisobot 
standartlari 
garmonizatsiyasida MHXSK bilan hamkorlik qilish samarali ekanligini rasmiy 
ravishda e’lon qilgan. 
AQShning Qimmatbaho qog’ozlar va birjalar bo’yicha Komissiyasi esa 
quyidagilar haqida 1996 yil 11 aprelda ma’lum qildi: 
-
standartlar buxgalteriya hisobining keng qamrovli bazisini taqdim etuvchi 
buxgalterlik talablarining asosiy qismini o’z ichiga olishlari kerak; 
-
standartlar yuqori sifatli bo’lishlari shart, chunki ular ma’lumotlarning 
taqqoslanuvchanligi, ravshanligi hamda to’liq yoritilishini ta’minlashlari kerak; 


11 
-
standartlar interpretatsiyasi berib borilishi kerak va ularga so’zsiz amal 
qilinishi kerak. 
Shunday qilib, MHXSK tomonidan hozirgacha ishlab chiqilgan standartlardan 
foydalanish xalqaro hamjamiyatga yuqori samara bermoqda, deb xulosa qilish 
mumkin. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin