Standartlari


Nomoliyaviy aktivlarni baholash



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Nomoliyaviy aktivlarni baholash 
Standartlar 
Dastlabki 
baholash 
Qayta baholash 
Qadrsizlanish (36 
BHMS) 
BHXS (IAS) 2 
“Tovar-moddiy 
zaxiralar” 
Tannarx va sof sotish 
qiymatidan eng kichigi 
Qo’llanilmaydi 
MHXS (IFRS) 
5 “Sotish uchun 
mo’ljallangan 
uzoq muddatli 
aktivlar 
Balans va haqqoniy 
qiymatidan eng kichigi 
minus sotish xarajatlari 
(amortizatsiyalanmaydi) 
Qo’llanilmaydi 
BHXS (IAS) 16 
“Asosiy 
vositalar” 
Tannarx 
Xaqiqiy xarajatlar modeli 
(amortizatsiyalanadi yerdan 
tashqari) 
Qo’llaniladi 
BHXS (IAS) 40 
Tannarx 
Xaqiqiy xarajatlar modeli 
Qo’llaniladi 


139 
“Investitsion 
mulk” 
(amortizatsiyalanadi) 
BHXS (IAS) 38 
“Nomoddiy 
aktivlar” 
Tannarx 
Xaqiqiy xarajatlar modeli 
(amortizatsiyalanadi 
muddatsiz aktivlar) 
Qo’llaniladi 
 
Tayanch so’zlar. 
Mulk, bino, mashina va asbob-uskunalar – moddiy aktivdir, ular: a) korxonalar 
tomonidan ishlab chiqarishda yoki tovar va xizmatlarni ta’min etishda, yoki 
ma’muriy maqsadlarda qo’llanilishga mo’ljallangan va bir qancha aktivlarni tutib 
turish yoki ta’mir o’tkazishda qo’llaniladigan vositalarni ham o’z ichiga olishi 
mumkin; b) davom etish asosida foydalanish maqsadida xarid qilingan yoki qurilgan; 
s) biznesning odatdagi kursi bo’yicha sotishga mo’ljallanmagan vositalardir. 
Mulk, bino, mashina va asbob-uskunalarning tasarruf qilinishi – bu ushbu 
aktivlarning realizatsiyasi, to’liq eskirishi va yaroqsizligi tufayli tugatilishi, buzib 
tashlanishi, almashtirilishi va boshqa chiqarilishidir. 
Nomoddiy 
aktivlar 
– 
bu 
jismoniy 
shaklga 
ega 
bo’lmagan 
identifikatsiyalanadigan nomoddiy aktiv bo’lib, ishlab chiqarish yoki tovarlarni sotish 
va xizmatlarni ko’rsatish, boshqa shaxslarga ijaraga berish yoki ma’muriy 
maqsadlarda foydalanish uchun mo’ljallangan pul bo’lmagan aktivdir.
Depresiatsiya - bu mulk, mashina va asbob-uskunalar (er kirmaydi) 
tannarxining ularning foydali xizmat qilish muddatiga sistematik va o’zaro bog’liq 
holda taqsimlashdir. 
Amortizatsiya - bu nomoddiy aktivlarni xarid qilib olish tannarxini ularning 
foydali xizmat qilish muddatiga sistematik va o’zaro bog’liq holda taqsimlashdir. 
Kapital xarajatlar – bu (1) sifatini yuksaltirish (improve quality) (betterments 
or improvements); (2) aktivlarning xizmat qilish muddatini uzaytirishga olib 
keladigan (extent the life) sarflarga aytiladi. 
Zahiralarning tannarxi – bu 1. Zahiralarning xaridi bilan bog’liq barcha 
xarajatlar; 2. Qayta ishlash xarajatlari; va 3. Zahiralarni joriy holatga va joriy 
joylashtirish joyiga yetkazish bilan bog’liq boshqa xarajatlardir.
Realizatsiyaning sof qiymati – yaxshi xabardor bo’lgan, ushbu operatsiyani 
amalga oshirishda hayrixoh bo’lgan tamon bilan umumiy shartlarda amalga 
oshiriladigan bitimlarning yuz berishi natijasida aktivlarni chiqarilishiga oid 
xarajatlarni chigirib tashlagandan keyin realizatsiya qilishdan olingan summasidir. 
Qadrsizlanishdan ko’rilgan zarar – aktivning balans qiymatining qoplanadigan 
miqdordan ortgan summasidir.Qurilish Shartnomasi - biron bir aktivni yoki o’zining 
loyihasi, texnologiyasi va vazifasi yoki yakuniy foydalanish maqsadi bo’yicha o’zaro 
aloqador va bir biriga chambarchas bog’liq aktivlar guruhini qurish uchun maxsus 
kelishilgan shartnomadir. 
Narxi qat’iy belgilangan shartnoma - qat’iy belgilangan narxga yoki qurilish 
ishlarining birligiga qat’iy belgilangan stavkaga (bu stavka ba’zi hollarda xarajatlar 
o’zgarishi sababli qayta ko’rib chiqiladi) pudratchi rozi bo’lgan qurilish 
shartnomasidir. 


140 
“Xarajatlar plyus” shartnomasi – bunday shartnomaga ko’ra pudratchiga yo’l 
qo’yilishi mumkin bo’lgan yoki boshqacha qilib oldindan belgilangan harajatlar va 
ularga qo’shimcha ushbu xarajatlar summasining ma’lum foizi yoki qat’iy 
belgilangan mukofot summasi qoplanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar – bu quyidagi aktivlardir: 
(a) 
odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo’ljallangan ; 
(b) 
bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo’lgan; yoki 
(v) 
ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko’rsatilishida foydalanilishi 
ko’zlangan xom ashyo va materiallar ko’rinishidagi aktivlar. 
Sof sotish qiymati - bu odatdagi faoliyat davomida ishlab chiqarishni oxiriga 
yetkazish bo’yicha xarajatlar va sotishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan va 
taxminiy baholangan xarajatlar chegirib tashlangan sotish bahosidir. 
Haqqoniy qiymat - bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi 
odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo’lgan yoki majburiyatni 
o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir (MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni 
baholash” ga qarang.) 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin