Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1-misol. 
Kompaniya o’zining balans qiymati 100000 sh.b. bo’lgan asosiy vositasining 
qadrsizlanishi belgilarini aniqladi va uning qoplanadigan qiymatini aniqladi. Asosiy 
vositaning haqqoniy qiymati sotish xarajatlarini chigirib tashlagandan so’ng 80000 
sh.b. ni tashkil qiladi. Kompaniya bu vositani yaqin davrda sotmoqchi emas va uning 
haqqiniy qiymati foydalanish davrida o’sib boradi deb hisoblamoqda.
Bunday holatda kompaniya foydalanish orqali olinadigan qiymatni e’tiborga 
olib qoplanadigan qiymatni haqqoniy qiymatdan (sotish xarajatini va foydalanish 
qimmatini chegirgandan so’ng) yuqori deb qaraydi.
Faraz qilaylik, foydalanish qiymati ortishi evaziga 105000 sh.b.ni tashkil 
qiladi. Bunday holatda aktiv qadrsizlanmagan hisoblanadi va balans qiymatida 
baholanadi. 
Noaniq foydali xizmat muddatiga ega nomoddiy aktivni uning balans qiymatini 
uning qoplanadigan qiymatga qiyoslash orqali har yili qadrsizlanishga tekshirishni 
talab etadi, bunda u qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjud 
bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar. Biroq, bunday aktivning qoplanadigan 
qiymatining bevosita oldingi davrda amalga oshirilgan eng yaqin batafsil hisob-kitobi 
joriy davrda ushbu aktiv uchun qadrsizlanish tekshiruvida qo’llanilishi mumkin, 


146 
bunda quyidagi barcha mezonlar qanoatlantirilgan holda: 
(a) 
agarda nomoddiy aktiv uzluksiz foydalanishda boshqa aktivlardan yoki 
aktivlar guruhlaridan keladigan pul kirimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan pul 
kirimlarini yuzaga keltirmaganda va shu tufayli u tegishli bo’lgan pul mablag’larini 
hosil qiladigan birlikning qismi sifatida qadrsizlanishga tekshirilganda, ushbu birlikni 
tashkil etadigan aktivlar va majburiyatlar qoplanadigan qiymatning eng yaqin oradagi 
hisob-kitobidan buyon sezilarli tarzda o’zgarmagan; 
(b) 
qoplanadigan qiymatning eng yaqin oradagi hisob-kitobi aktivning 
balans qiymatidan sezilarli tafovut bilan oshgan summaga olib kelgan; va 
(v) 
qoplanadigan qiymatning eng yaqin oradagi hisob-kitobidan buyon sodir 
bo’lgan hodisalar va o’zgargan holatlar tahliliga asoslangan holda, joriy qoplanadigan 
qiymat aktivning balans qiymatidan kamroq bo’lishi mumkinligining ehtimoli 
kamroq. 
Majburiyatlar sifatida tan olinganlardan tashqari chiqib ketish xarajatlari - 
chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatni baholashda chegiriladi. 
Bunday xarajatlarga misollar yuridik xarajatlarni, gerb yig’imlarini va shunga 
o’xshash operatsiya soliqlarini, aktivni yo’qotish xarajatlarini hamda aktivni uning 
sotilish sharoitiga keltirish uchun bevosita qo’shimcha xarajatlarni o’z ichiga oladi. 
Biroq, ishdan bo’shashda olinadigan nafaqa (MHXS 19 da ta’riflangandek) va aktivni 
sotishdan so’ng biznesni qisqartirish yoki qayta tashkil etish bilan bog’liq xarajatlar 
aktivni chiqib ketishi bo’yicha bevosita qo’shimcha xarajatlar hisoblanmaydi. 
Quyidagi jihatlar aktivning foydalanishdagi qiymatini hisoblashda aks 
ettirilishi lozim:
(a) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan kelgusi pul 
oqimlarining baholanishi; 
(b) ushbu kelgusi pul oqimlarining summasidagi yoki muddatidagi ehtimoliy 
o’zgarishlar bo’yicha kutishlar; 
(v) joriy bozor xatardan-holi foiz stavkasi orqali aks ettirilgan holda, pulning 
vaqtdagi qiymati; 
(g) aktivga xos bo’lgan noaniqlik uchun narx; va 
(d) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aktivdan olinishi kutilgan kelgusi pul 
oqimlarini narxlashda bozor ishtirokchilari aks ettiradigan boshqa omillar, masalan 
nolikvidlilik. 
Aktivning foydalanishdagi qiymatini baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga 
oladi:
(a) aktivdan uzluksiz foydalanish va uning yakuniy chiqib ketishi orqali 
yuzaga keladigan kelgusi pul kirimlari va chiqimlarini baholash; va 
(b) ushbu kelgusi pul oqimlariga nisbatan o’rinli diskont stavkasini qo’llash. 
Foydalanishdagi qiymatni baholashda tadbirkorlik sub’ekti:
(a) pul oqimi rejalarida o’rinli va tasdiqlangan farazlarga asoslanishi lozimki, 
bunda ushbu farazlar aktivning qolgan foydali xizmat muddati davomida mavjud 
bo’ladigan bir qator iqtisodiy sharoitlar bo’yicha rahbariyatning eng yaxshi bahosini 
aks ettiradi. Ko’proq e’tibor tashqi dalilga qaratilishi lozim. 
(b) pul oqimi rejalarida rahbariyat tomonidan tasdiqlangan eng yaqin oradagi 


147 
moliyaviy byudjedlarga/loyihalarga asoslanishi lozim, ammo kelgusi qayta tashkil 
etilishlardan yoki aktivdan foydalanishni yaxshilashdan yoki takomillashtirishdan 
yuzaga kelishi kutilgan har qanday baholangan kelgusi pul kirimlarini yoki 
chiqimlarini inobatga olmasligi lozim. Ushbu byudjedlarga/loyihalarga asoslangan 
rejalar eng ko’pi bilan besh yillik davrni qamrab olishi lozim, bunda uzoqroq davr 
asoslanishi mumkin bo’lmaguncha.
(v) eng yaqin oradagi moliyaviy byudjedlarda/loyihalarda qamrab olingan 
davrdan tashqari pul oqimi rejalarini keyingi yillar bo’yicha barqaror yoki 
kamayuvchi o’sish sur’atini qo’llagan holda byudjedlarga/loyihalarga asoslangan 
rejalarni kengaytirish orqali baholashi lozim, bunda o’suvchi sur’at asoslanishi 
mumkin bo’lmaguncha. Ushbu o’sish sur’ati tadbirkorlik sub’ekti faoliyat 
ko’rsatadigan mahsulotlar, sohalar, yoki mamlakat yoki mamlakatlar bo’yicha, yoki 
aktiv foydalaniladigan bozor bo’yicha uzoq muddatli o’rtacha o’sish sur’atidan 
oshmasligi lozim, bunda yuqoriroq sur’at asoslanishi mumkin bo’lmaguncha. 
Kelgusi pul oqimlarining baholanishi quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
(a) aktivdan uzluksiz foydalanishdan keladigan pul kirimlarining rejalari; 
(b) aktivdan uzluksiz foydalanishdan keladigan pul kirimlarini yuzaga keltirish 
uchun zaruriy tarzda sarflangan (jumladan aktivni foydalanishga tayyorlash uchun 
pul chiqimlari) va aktivga o’rinli va mos ravishda bevosita aks ettirilishi, yoki 
taqsimlanishi mumkin bo’lgan pul chiqimlarining rejalari; va 
(v) aktivning foydali xizmat muddati oxirida chiqib ketishi uchun olinadigan 
(yoki to’lanadigan) sof pul oqimlari, agarda mavjud bo’lsa. 
Kelgusi pul oqimlarining va diskont stavkasining baholanishi umumiy 
inflyatsiyaga tegishli narx o’sishlari bo’yicha mos farazlarni aks ettiradi. Shu tufayli, 
agarda diskont stavkasi umumiy inflyatsiyaga tegishli narx o’sishlarining ta’sirini o’z 
ichiga olsa, kelgusi pul oqimlari nominal summalarda baholanadi. Agarda diskont 
stavkasi umumiy inflyatsiyaga tegishli narx o’sishlarining ta’sirini o’z ichiga olmasa, 
kelgusi pul oqimlari real summalarda baholanadi (ammo kelgusi muayyan narx 
o’sishlari yoki kamayishlarini o’z ichiga oladi). 
Pul chiqimlarining rejalari aktivni saqlash bo’yicha kunlik xarajatlarni hamda 
aktivdan foydalanishga nisbatan o’rinli va mos ravishda bevosita aks ettirilishi, yoki 
taqsimlanishi mumkin bo’lgan kelgusi ustama xarajatlarini o’z ichiga oladi. 
Qachonki aktivning balans qiymati u foydalanishga yoki sotuvga tayyor 
bo’lishidan oldin sarflanadigan barcha pul chiqimlarini hali to’liq o’z ichiga 
olmaganda, kelgusi pul chiqimlarining baholanishi aktiv foydalanishga yoki sotuvga 
tayyor bo’lishidan oldin sarflanishi kutilgan har qanday navbatdagi pul 
chiqimlarining baholanishini o’z ichiga oladi. Masalan, bu qurilish ostida bo’lgan 
bino yoki hali tugallanmagan ishlab chiqish loyihasi holatida bo’ladi. 
Ikkita marta hisoblashga yo’l qo’ymaslik uchun, kelgusi pul oqimlarining 
baholanishi quyidagilarni o’z ichiga olmaydi:
(a) ko’rib chiqilayotgan aktivdan keladigan pul kirimlardan ko’proq tarzda 
mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltiradigan aktivlardan keladigan pul 
oqimlari (masalan, debitorlik qarzlari kabi moliyaviy aktivlar); va 
(b) majburiyatlar sifatida tan olingan javobgarliklarga tegishli pul chiqimlari 


148 
(masalan, kreditorlik qarzlari, nafaqalar yoki rezervlar). 
Kelgusi pul oqimlarining baholanishi diskont stavkasi aniqlanadigan usulga 
mos bo’lgan farazlarni aks ettiradi. Aks holda, ayrim farazlarning ta’siri ikki marta 
hisobga olinadi yoki inkor etiladi. Pulning muddatdagi qiymati baholangan kelgusi 
pul oqimlarini diskontlash orqali inobatga olinishi sababli, ushbu pul oqimlari 
moliyalashtirish faoliyatlari bo’yicha pul kirimlari yoki chiqimlarini o’z ichiga 
olmaydi. Xuddi shuningdek, diskont stavkasi soliq oldingi asosda aniqlanishi tufayli, 
kelgusi pul oqimlari ham soliqdan oldingi asosda aniqlanadi. 
Aktivning foydali xizmat muddati oxirida chiqib ketishi uchun olinadigan 
(yoki to’lanadigan) sof pul oqimlarining bahosi shunday summa bo’lishi lozimki, 
bunda ushbu summa, baholangan chiqib ketish xarajatlari chegirilgandan so’ng, 
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan o’zaro xabardor, xohlovchi va mustaqil tomonlar 
o’rtasidagi bitimda aktivni chiqib ketishidan olinishi kutiladi. 
Aktivning foydali xizmat muddati oxirida chiqib ketishi uchun olinadigan 
(yoki to’lanadigan) sof pul oqimlarining baholanishi aktivning chiqib ketish 
xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga o’xshash usulda aniqlanadi, ushbu sof 
pul oqimlarini baholashda quyidagi holatlar bundan mustasno:
(a) 
tadbirkorlik sub’ekti o’zlarining foydali xizmat muddati oxiriga erishgan 
va aktiv foydalaniladigan sharoitlarga o’xshash sharoitlarda faoliyat ko’rsatgan 
o’xshash aktivlar uchun baholash sanasida mavjud bo’lgan narxlardan foydalanadi. 
(b) 
tadbirkorlik sub’ekti ushbu narxlarni ham umumiy inflyatsiya tufayli 
kelgusi narx oshishlarining ham muayyan kelgusi narx oshishlarining yoki 
kamayishlarining 
ta’siriga to’g’rilaydi. Biroq, agarda aktivdan uzluksiz 
foydalanishdan keladigan kelgusi pul oqimlari va diskont stavkasi umumiy 
inflyatsiya ta’sirini o’z ichiga olmasa, tadbirkorlik sub’ekti ushbu ta’sirni chiqib 
ketish bo’yicha sof pul oqimlarining baholanishida ham inobatga olmaydi. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin