Standartlashtirish bo’yicha asosiy tushunchalar va ta’riflar


Standartlashtirishning ahamiyati va mohiyati



Yüklə 125,85 Kb.
səhifə5/7
tarix22.09.2023
ölçüsü125,85 Kb.
#147375
1   2   3   4   5   6   7
1-amaliy

Standartlashtirishning ahamiyati va mohiyati. Ixtiyoriy ixtisoslikdagi mutaxassis ish faoliyati jarayonida ko’plab takrorlanuvchi masalalarni hal etishga ya’ni namunaviy hujjatlarni tuzish, namunaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish, takrorlanuvchi o’lchashlarni bajarish, turli qurilmalar, texnikaviy tizimlar yoki odamlar jamoalarini boshqarish bo’yicha bir xil amallardan foydalanishga to’g’ri keladi. Bu masalalarni hal etishning turli xil variantlari mavjud. Standartlashtirish masalarni optimal hal etish, yanada to’g’riroq va iqtisodiy variantlarini aniqlashga yo’naltiriligan.
Standartlashtirish – bu aniqlangan sohada tartiblashtirish darajasini maqbulligiga erishishga yo’naltirilgan, fan, texnika va iqtisodiyot sohalarida takrorlanuvchi masalalarni hal etilishini topishga xulosalovchi faoliyatdir.
Standartlashtirish ob’ekti ta’rifidan kelib chiqib, mahsulot (xom-ashyo, materiallar, detallar, buyumlar, qurilmalar), jarayonlar (turli xil operatsiyalarni bajarish usullari), atamalar, belgilashlar, xizmatlar va ishlar standartlashtirishning ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun standartlashtirish mohiyatini quyidagi shaklda bayon etish mumkin:
Standartlashtirish ob’ektini tanlash ya’ni aniqlangan soha faoliyatini tahlil qilish va ko’p marotabali takrorlanuvchi ob’ektlarni aniqlashni qamrab oladi.
Boshqa ob’ektlar (alomatlar, xossalari) mavjudligi to’g’risida ma’lumotlarni aniqlash jarayonida standartlashtirish ob’ektini modellashtirish.
Optimal modelni standartlashtirish, ya’ni me’yoriy hujjatni ishlab chiqish. Aynan me’yoriy hujjat bevosita standartlashtirish natijasi bo’lib hisoblanadi. Me’yoriy hujjat bir vaqtning o’zida standartlashtirish vositasi ham bo’li hisoblanadi. Uni umumiy va ko’p marotaba qo’llash mavjud va kelgusidagi masalalarni hal etishda kutilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy yoki boshqa samarani berishi mumkin.
Masalan, elektr va elektron qurilmalarning sxemalarini tuzishda yanada yaqqol va qulay belgilashni qo’llash uchun namunaviy elementlari belgilanishi keltirilib, ularni shartli belgilash variantlari ishlab chiqilgan va me’yoriy hujjatlarda majburiy ravishda keltirilgan va tasdiqlangan (1.3-rasm).




Yüklə 125,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin