Standartlashtirish vazifasining mohiyati va tamoyillari
Bozor iqtisodiyoti sharotida standartlashtirish uchta: iqtisodiy, ijtimoiy va kommunikativ vazifani bajaradi.
Iqtisodiy vazifasi barcha qiziquvchi tomonlarga aniq va qulay shaklda mahsulot to’g’rsidagi ishonchili ma’lumotlarni olishga imkon beradi. Kontrakt shartlarida standartga havola qilinishi kafolatlangan sifat standartlariga muvofiq mahsulotlarni etkazib berishiga majbur etadi. Sinash usullarini standartlashtirish mahsulotning raqobatbardoshigini baholashda muhim bo’lgan mahsulotning solishtirilayotgan tavsiflarini olishga imkon beradi.
Ijtimoiy vazifasi standartlashtirish ob’ektining sifat ko’rsatkichlarini standartlar talablariga ya’ni mehnatni muhofazalash va sanitar-gigienik me’yorlar yordamida kiritishdan iborat.
Aloqa uchun vazifasi jamiyatdagi axborotlar almashinuvida o’zaro tushunchalarga erishish bilan aloqadordir. Buning uchun standartlashtirilgan atamalar, tushunchalarni sharhlash, simvollar, ish yuritishda yagona qoidalar lozim bo’ladi.
Standartlashtirish faoliyati quyidagi uchta ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan:
ilmiy-texnikaviy ijodiy mehnat jarayonida yaratilayotgan ob’ektlarni (mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni) tartiblashtirish;
standartlashtirish bo’yicha hujjatlarda optimal tashkiliy-texnikaviy, umumtexnikaviy, texnik va texnik-iqtisodiy talablar aniqlash;
standartlashtirish bo’yicha hujjatlarda aniqlangan optimal talablarga rioya qilish va ixtiyoriy bajarish.
Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tanolingan eng muhim yo’nalishdagi ishlar sifatida xavfsizlik va ekologiya, axborot texnologiyalari, resurslar tejamkorligi hamda mahsulot sifatini me’yoriy ta’minlash bo’lib hisoblanadi.
Standartlashtirishning namunaviy vazifasi quyidagidan iborat. Bir qator masalalar (narsalar yoki jarayonlar) mavjud (yoki bo’lishi mumkin) bular shartli ravishda A, B, C, D, E,…. bo’lsin. Faoliyat davomida bulardan bir qanchasi qaytariladi, ya’ni A, B, C, B, D, E, B, G, J, B …. Qaytarilayotganlar ichida variantlar mavjud: A, B1, C, B2, D, E, B3, G, J, B4 …. Bu variantlardan ilmiy tahlil asosida optimali tanlanadi (yoki yaratiladi) va standart ko’rinishida rasmiylashtiriladi: B1, B2, B3, B4.... > B3 q opt q const. Standartlashtirishning namunaviy vazifasini sxema ko’rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin (1.4-rasm):
Shunday qilib, standartlashtirish qaerda qaytariladigan vazifalar bo’lsa, uni bajarish variantlari mavjud bo’lsa, o’sha erda paydo bo’ladi. Standartlashtirish faoliyatining eng muhim yakuniy natijasi standarlashtirish ob’ektlarining maqsadli yoki vazifaviy qo’llanilishini; savdoda texnik to’siqlarni bartaraf qilishni; ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni va hamkorlikni oshirish bo’lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |