Standartlashtirishning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiritiladi:
– me’yoriy hujjatlarni ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy zarurati va maqbulligini inobatga olgan holda ularni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi;
– ob’ektlarga quyiladigan talablarni kelishib olish va me’yoriy hujjatlarni amalga joriy etish muddatlarini muvofiqlashtirish yo’li bilan metrologik ta’minlashni qo’shib hisoblab o’zaro bog’langan ob’ektlarni standartlashtirishning kompleksligi;
– me’yoriy hujjatlarni fan va texnikani hozirgi zamon yutuqlariga, ilg’or tajribaga, qonun hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash;
– standartlashtirishning hamma bosqichlarida me’yoriy hujjatlarni o’zaro bog’liqligini va kelishilganligi, boshqarishning barcha pog’onalarida ularni o’xshash ob’ektlari uchun qaytadan ishlab chiqilmasligi;
– amaldagi me’yoriy hujjatlar, standartlashtirish bo’yicha dasturlar va ish rejalari to’g’risidagi axborotlarni oshkoraliligi;
– ko’pchilik daxldor tomonlarning kelishuviga erishish asosida me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash;
– me’yoriy hujjatlarning sertifikatlashtirish maqsadlari uchun yaroqliligi;
– standartlashtirish sohasida zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarni qo’llash va hakozo.