klassifikatsiyasi. 2. Normativ hujjatlarning turlari va toifalari. 3. Normativ hujjatlar bo‘yicha asosiy qoidalar.
Standartlashtirish tizimida asos soluvchi normativ hujjatlarning klassifikatsiyasi Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq bo‘lishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to‘sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yiladi.
Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar hamda ularga kiritilgan o‘zgartishlar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi.
Mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki xavfsizligini, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg‘alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik faoliyati subyektlari rioya etishi uchun majburiydir.
Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonunchilikda nazarda tutilgan o‘zga talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
Import mahsulot, basharti u O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etiladigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga muvofiqlikni nazorat qilish va sinash usullarini o‘z ichiga olishi lozim.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoida va tartiblarga muvofiq qo‘llanilishi lozim.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etiladigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga muvofiqlikni nazorat qilish va sinash usullarini o‘z ichiga olishi lozim.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoida va tartiblarga muvofiq qo‘llanilishi lozim.
Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Mahsulot va texnologiyalarning ma’lum bir turlari yoki faoliyati turlarini standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek kursatilgan obektlar yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) standartlashtirish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha O’zbekiston Respublikasida 33 ta Texnikaviy qo‘mitasi (TQ) mavjud.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4059-sonli qaroriga muvofiq «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasi(Standartlar instituti) tashkil etildi.
Ushbu qaroriga asosan «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasistandartlashtirish bo‘yicha tarmoq texnik qo‘mitalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan, shartnoma asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqa tashkilotlarning arizalari bo‘yicha ishlab chiqish va realizatsiya qilish, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy tashkilot etib belgilandi.