Statistik jamlash va guruhlash

Yüklə 17,19 Kb.
səhifə3/7
tarix18.05.2023
ölçüsü17,19 Kb.
#116179
1   2   3   4   5   6   7
Statistik jamlash va guruhlash-fayllar.org

Keng ma’noda svodkalash

Keng ma’noda svodkalash deganda ommaviy hodisalar to‘g­‘­risidagi to‘plangan boshlang‘ich ma’lumotlarni ko‘zlangan maq­sad nuqtayi nazaridan muhim belgilar bo‘yicha guruhlash tushu­niladi. Keng ma’nodagi svodkalash quyidagi 4 ta bosqichni o‘z ichiga oladi:

1. To‘plamni guruhlarga bo‘lish.

2. To‘plam jami va guruhlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish.

3. To‘plam va uning har bir guruhlari bo‘yicha umumiy ya­kun­larini (jamini) chiqarish.

4. Statistik guruhlash natijalarini statistik jadvallarda joylash­tirish.

Ma’lumotlarni statistik svodkalash tashkil qilinishiga qarab mar­­kazlashgan va markazlashmagan turlarga bo‘linadi. Markaz­lash­gan svodkalashda ijtimoiy hodisalar to‘g‘risidagi barcha bosh­­lang‘ich ma’lumotlar bir yoki bir necha statistika boshqarmalarida to‘planadi va shu joyda qayta ishlanadi. Markazlashmagan svod­ka­lashda ijtimoiy hodisalarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar dastlab joy­­lardagi statistika boshqarmalari va bo‘limlarida va qayta ish­lanadi, so‘ngra statistika davlat qo‘mitasiga yuboriladi.

Statistik svodkalash qayta ishlash usuliga ko‘ra ham ikkiga bo‘linadi:

1.Qo‘l bilan bajariladigan svodkalash.

2.Zamonaviy kompyuterlar yordamida bajariladigan svod­ka­lash.

Statistik svodkalashning muhim bosqichi statistik guruhlash hisoblanadi. Statistik guruhlash ijtimoiy hodisalarni o‘za­ro bog‘­lagan holda har tomonlama chuqur o‘rganish maqsadida mu­him belgilari bo‘yicha sifat jihatdan bir xil guruhlarga ajratib o‘r­ga­nish usulidir.

Yüklə 17,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin