Guruhlashning muhim belgilari tanlab olingandan keyin guruhlar soni aniqlanadi. Tashkil qilinadigan guruhlar sifat jihatdan turdosh va to‘plamdagi birliklar son jihatidan ulkan bo‘lmog‘i kerak
Guruhlashning muhim belgilari tanlab olingandan keyin guruhlar soni aniqlanadi. Tashkil qilinadigan guruhlar sifat jihatdan turdosh va to‘plamdagi birliklar son jihatidan ulkan bo‘lmog‘i kerak.
Guruhlar soni va guruhlash oralig‘i
Guruhlashning muhim belgilari tanlab olingandan keyin guruhlar soni aniqlanadi. Tashkil qilinadigan guruhlar sifat jihatdan turdosh va to‘plamdagi birliklar son jihatidan ulkan bo‘lmog‘i kerak.
Guruhlar sonini aniqlash statistik guruhlashda katta ahamiyatga ega. Agar guruhlash atributiv belgilar (mollar zoti, xodimlar kasbi) bo‘yicha amalga oshirilsa, guruhlar soni har doim belgilarning nomiga mos keladi. Belgilar soni qancha bo‘lsa, guruhlar soni ham shuncha bo‘ladi. Masalan, mollar zoti uch xil bo‘lsa, guruhlar soni ham uchta bo‘ladi.
Ijtimoiy hodisalarni turli miqdoriy belgilar bo‘yicha guruhlashda guruhlar sonini aniqlash asosan ikki ko‘rsatkichni nazariy jihatdan mantiqiy tahlil qilish zarur, ya’ni birinchidan, to‘plamdagi eng katta hamda eng kichik belgilar o‘rtasidagi farqni (hajmini) aniqlash zarur; ikkinchidan to‘plamdagi birliklar sonini bilish zarur. Shundan so‘ng ushbu ikki ko‘rsatkichni ichki qonuniyatlarini mantiqiy nazariy tahlil qilish orqali guruhlar soni aniqlanadi. Guruhlar soni aniqlangandan keyin guruhlash oralig‘i belgilanadi.
Guruhlash oraliqlari teng va teng bo‘lmagan, ochiq va ochiq bo‘lmagan hamda maxsus ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Guruhlash oraliqlari teng va teng bo‘lmagan, ochiq va ochiq bo‘lmagan hamda maxsus ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Teng miqdordagi oraliq deganda barcha guruhlar uchun bir xil bo‘lgan oraliqni tushunmoq kerak. Teng miqdordagi oraliq intervali quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Teng bo‘lmagan oraliq deganda guruhdan guruhga ortib boruvchi yoki kamayib boruvchi oraliq miqdorlari tushuniladi. Teng bo‘lmagan oraliq miqdorlari to‘plam birliklari juda katta tarqoqlikka ega bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi. Masalan, shirkat xo‘jaliklari ekin maydoni razmeri bo‘yicha guruhlash teng bo‘lmagan oraliq miqdoriga misol bo‘la oladi: 2 minggacha, 2-3 minggacha, 3-5 minggacha va hokazolar.
Oraliqlar ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Agar oraliq «dan – gacha» aniq berilsa, yopiq oraliq hisoblanadi. Agar oraliq «gacha» dan boshlanib, «undan yuqori» ko‘rsatkich bilan tugasa, ochiq oraliq hisoblanadi.