Atributiv belgilar deganda son bilan ifodalanmaydigan, mazmunan va sifat jihatdan bir-biridan farq qiladigan belgilar tushuniladi. Kishining kasbi (mexanik, traktorchi), millati, Tovarlarning turlari, mollar zoti va boshqalarni ushbu belgiga misol qilib ko‘rsatish mumkin Atributiv belgilar deganda son bilan ifodalanmaydigan, mazmunan va sifat jihatdan bir-biridan farq qiladigan belgilar tushuniladi. Kishining kasbi (mexanik, traktorchi), millati, Tovarlarning turlari, mollar zoti va boshqalarni ushbu belgiga misol qilib ko‘rsatish mumkin Miqdoriy belgi deganda son bilan ifodalanuvchi belgilar tushuniladi. Masalan, ekin maydoni, ekinlar hosildorligi, chorva mollari mahsuldorligi, mehnat unumdorligi va hokazolar ushbu belgiga misol bo‘la oladi, chunki bu belgilar bevosita sonlar (raqamlar) da ifodalanadi.
Ijtimoiy hodisalarning o‘zaro bog‘lanishni o‘rganish maqsadida guruhlash ikki turdagi belgilarga bo‘linadi:
1. Omilli belgilar.
2. Natijaviy belgilar.
Omilli belgi deb natijaviy belgiga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlarga aytiladi. Natijaviy belgi deganda esa omilli belgilar ta’siri ostida o‘zgarib turuvchi ko‘rsatkich tushuniladi. Masalan, paxta tannarxini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsa, paxta tannarxining o‘zgarishi kuzatilayotgan bo‘lsa, u holda hosildorlik omilli belgi, tannarx natijaviy belgi hisoblanadi. Omilli belgi deb natijaviy belgiga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlarga aytiladi. Natijaviy belgi deganda esa omilli belgilar ta’siri ostida o‘zgarib turuvchi ko‘rsatkich tushuniladi. Masalan, paxta tannarxini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘lsa, paxta tannarxining o‘zgarishi kuzatilayotgan bo‘lsa, u holda hosildorlik omilli belgi, tannarx natijaviy belgi hisoblanadi.
Tadqiqotda ko‘zlangan maqsadga ko‘ra guruhlash belgilari, o‘z navbatida, ikki turga bo‘linadi:
1. Muhim belgilar.
2. Muhim bo‘lmagan belgilar.
Tadqiqotda ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun ijtimoiy hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish va xos qonuniyatlarni ko‘rsatishda guruhlash asosan muhim belgilar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Muhim belgilar deganda ijtimoiy hodisalarning mohiyati, xususiyatini ifodalaydigan belgilar tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |