Hozirgi zamon O‘zbekiston Respublikasi davlat statistikasi va xalqaro statistika
4
3
Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar
10
4
Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati
12
5
Statistik kuzatish turlari
16
7
XULOSA VA TAVSIYALAR
18
8
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
19
Kirish. Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o’rganish,ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi bog’lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning to’plarida namoyon bo’ladigan statistic qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida, o’rganilayotgan ob’ektlar to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlar yoki boshqa so’z bilan aytganda xom statistic materiallarni to’plash kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi.
Kuzatish so’zi quyidagi lug’aviy ma’noga ega:
1) biror narsa ( predmet, ob’ekt )ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko’zdan kechirish;
2) biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish;
3) voqealarni o’rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish. Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular haqida boshlang’ich materiallarni to’plashdir. U o’rganilayotgan ob’ektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog’liq. Hisob bu biror predmet miqdorini sanab yoki o’lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish. Statistik kuzatish xo’jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi Turli shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida xo’jalik voqealari buxgalteriya va operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko’pincha ana shu hisob turlari ma’lumotlariga
tayanadi. SHu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish masalalarini o’rganish uchun bevosita
kuzatish ham amalga oshiriladi.
Statistik kuzatish - bu o’rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida bosh-lang’ich ma’lumotlarni to’plash jarayonidir Statistik kuzatishga talablar: aniqlik, to’lalik, taqqosla-malik