Kriptovalyutalarning kelajak istiqbollari 39
АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
2017 yil sentyabr oyida Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov kriptovalyutalarni boshqarish bo’yicha qonum loyihasini shu yilning oxirigacha tayyorlashini bildirdi. Ministrning aytishicha, bu xujjatni tayyorlashdan asosiy maqsad – mamlakatda aldanib qoladigan investorlar bo’lmasligiga erishishdir
Belorussiya davlati “ Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish ” deb nomlangan dekret kuchga kirgandan so’ng, milliy darajada smart-kontraktkarni legallashtirgan dunyodagi birinchi mamlakat bo’ldi.
2017 yilning dekabr oyi boshida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ham mamlakatda 100 mln ElPetro kriptovalyutasini chiqarish haqida topshiriq bergan. Ushbu kriptovalyuta mamlakatda chiqarilayotgan neft bilan ta’minlanadi – ya’ni 1 ElPetro 1 barrel neft narxiga teng bo’ladi. Turli mamlakatlardagi kriptovalyuta bo’yicha siyosat 40
АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Evropada ham bunday jarayonlar davom etmoqda, masalan, Buyuk Britaniya o’z kriptovalyutasini chiqarishni rejalashtirayapti. Bu kriptovalyuta Britaniya funt-sterlingi bilan bog’liq bo’lib, markaziy bankning fikricha, u banklar o’rnini bosishi mumkin
2017 yil dekabr oyi oxirida Izroil davlati ham “Elektron shakel” deb nomlanadigan o’z kriptovalyutasini chiqarishini bildirdi. Bu bilan Izroil iqtisodchilari ikki muammoni hal qilishmoqchi: iqtisodiyotdagi naqd pul miqdorini kamaytirish va qora bozorga qarshi samaradorroq kurashish