O’zbekistonda bitkoinlarga nimanidir rasman harid qila olmaysiz, ya’ni harid uchun hech
kim sizga to’lov cheki bermaydi. Bitkoinlar bilan to‘lov qilish mumkinligini e’lon qilayotgan
sanoqsiz qahvaxona va savdo markazlari shunchaki mijozlarni jalb qilishni ko‘zlashi
ehtimoli yuqori — ya’ni ular bitkoinni barmen karmoniga o‘tkazishingiz hisobiga sizga
qahva sovg‘a qilishi mumkin. Ammo, electron pullar, masalan, bitkoinlar qora bozorlarda
tez-tez ishlatiladi. U to’lovlarning tez, anonim va nisbatan xavfsiz usuli hisoblanadi. Aynan
shuning uchun ham ko‘pchilik insonlar bunday harid usulini va bitkoinlardan
foydalanishni qonunga xilof deb o‘ylaydilar. Negaki ular joriy qonunchilikda to’liq aks
ettirilmagan va xuddi shuning uchun ham ularning aylanmasi uchun javobgarlikni hech
kim zimmasiga olishga tayyor emas. Biroq kriptovalyutalar bo‘yicha tegishli qonun
loyihalari qabul qilinishi bilan vaziyat tubdan ijobiy tomonga o‘zgarishi mumkin. Shu
tufayli quyidagi savol paydo bo’ladi: U holda nima uchun bitkoinlarni harid qilishadi?
Birinchidan, ba’zi mamlakatlarda (
masalan, Yaponiya, AQSH va Yevropaning ba’zi
mamlakatlarida
) bitkoinlar yordamida to‘lovlar qilish — masalan, qahva yoki ko’chmas
mulkni osongina va qulay usulda harid qilish mumkin
Dostları ilə paylaş: