SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI “IQTISODIY TAHLIL VA STATISTIKA” KAFEDRASI Mavzu. 1. “TANLAMA KUZATISH” REJA: 1. Tanlama kuzatish usuli to‘g‘risida tushuncha, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati va zaruriyat 2. Tanlama to‘plam hosil qilinishining asosiy usullari Tanlama kuzatish usuli deb, tasodifiy holda tanlab olingan to‘plam birliklarini kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni bosh to‘plamga yoyilishiga aytiladi. Tanlama kuzatish usulining vazifasi tanlab olingan to‘plam birliklari asosida o‘rganilayotgan to‘plamning hammasiga umumiy tavsif berishdan iboratdir. Tanlama kuzatish usulining qo‘llanilishining eng muhim shartlari bo‘lib, uning hamma qoidalari va tamoillariga amal qilish va to‘plam birliklarini tanlash ishlarini ilmiy asosda tashkil qilishdir. TANLAMA KUZATISH QUYIDAGI MAQSADLARDA QO'LLANILADI: Vaqt va mоddiy-mоliyaviy mablag‘larni tеjashda Kuzatish оb’еktini to‘larоq chuqurrоq o‘rganishda Kuzatish jarayonida sifati buziladigan yoki qiymatini butunlay yo‘qоtadigan birilklar miqdarini qisqartirishda Umumiy to‘plam haddan tashqari ulkan bo‘lib, uni yoppasiga kuzatish imkоni bo‘lmaganda Yoppasiga kuzatish natijalarini tеkshirish, nazоrat qilishda Tashkiliy reja umumiy holda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Kuzatishning maqsadi va vazifalari. 2. Tatqiqot obektining chegaralarini aniqlash. 3. kuzatish dasturini ( anketalar, so ‘rov varaqalar, hisobot shakllari va shu singarilarni ) ishlab chiqish. 4.Tanlash tartibi, usullari va hajmini aniqlash. 5. Kuzatish o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan kadrlarni tayyorlash, formulyarlar, instruktiv xujjatlarni ko‘paytirish va shu singarilar.