Bosh va tanlama to‘plam parametrlari asosiy xarakteristikalarining belgilari Tanlash turiga qarab, individual, guruhli va aralash tanlash turlari farq qilinadi. Individual tanlash usuliga muvofiq bosh to‘plamning alohida birliklari, guruhli tanlashda birliklar guruhlari tanlab olinadi, aralash tanlashda esa guruhli va individual tanlash usullaridan birgalikda foydalaniladi.
Tanlama kuzatish amaliyotida eng ko‘p tarqalgan tanlash turlariga quyidagilar kiradi: - tasodifiy tanlash; - mexanik tanlash; - tipik tanlash; - uya (seriya)li tanlash. Tanlash usuli tanlab olingan birliklarning tanlash jarayonida ishtirokini davom yetkazish imkonini belgilab beradi, bunga muvofiq tanlash ikki usulda amalga oshiriladi: 1. Qaytarilmagan usulda 2. Qaytarilgan usulda. Tasodifiy tanlash bosh to‘plamdan birliklarni hech qanday sistemaga solinmasdan tasodifiy holda tanlanishiga aytiladi. Bosh to‘plam xarakteristikalarining chegaralarini aniqlashda tanlashning o‘rtacha va chegaralangan xatosi aniqlanadi. Bu ikkala turdagi xato quyidagi munosabat bilan ifodalanadi: