2. Mustaqil ishlash uchun savollar. 1. YAlpi ichki mahsulot – milliy hisoblar tizimining asosiy ko’rsatkichi.
2. YAlpi ichki mahsulot hajmini hisoblash usullari.
3. Asosiy kapitalni yalpi jamg’arish.
4. Material aylanma mablag’lar zahiralarining ortishi.
5. Tovar va xizmatlarning sof eksporti.
6. Nominal va real yalpi ichki mahsulot.
7. Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari.
17-mavzu. Milliy daromad va milliy hisoblar tizimidagi boshqa daromad ko’rsatkichlari Reja:
1. Dj Xinksning daromad haqidagi ta’limoti.
2. YAngi MHTda Dj Xinksning ta’limotiga kiritilgan aniqliklar.
3. Nominal va real daromad.
4. Daromad haqidagi ta’sir etuvchi ekstensiv va intensiv omillar.
5. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi.
6. YAlpi milliy daromad, sof milliy mavjud daromad, yalpi milliy jamg’arish, sof milliy jamg’arish ko’rsatkichlari statistikasi.
YAlpi milliy daromad (YAMD) - shu mamlakat rezidentlari va xorijiy mamlakatlar YAIMni yaratish davomida olgan birlamchi daromadlari (mulkdan olingan daromad bilan birga)ning yig’indisi.
YAlpi milliy ixtiyordagi daromad (YAMID) - shu mamlakat rezidentlari tomonidan olingan birlamchi daromadlar va sof joriy transfertlar yig’indisidan iborat.
Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi Bu hisoblamaning o’zi quyidagi hisoblamalarni o’z ichiga oladi:
1. Daromadlarning hosil bo’lish hisoblamasi; 2. Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi. Daromadlarning hosil bo’lish hisoblamasi - daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu hisoblama ishlab chiqarish hisoblamasi kabi sektorlar bo’yicha ham, tarmoqlar bo’yicha ham tuziladi. Unda YAIMning instituttsion birliklar tomonidan moddiy mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga birlamchi daromad to’lash uchun ishlatilishi ko’rsatiladi.
Birlamchi daromadga quyidagilar kiradi:
1. Ishlab chiqarish faoliyatidan keladigan daromad ;
a) YOllanma ishchilarning mehnat haqi; b)Ishlab chiqarish va importga soliq; c) Foyda va aralash daromadlar. 2. Mulkdan keladigan daromad, ya’ni boshqa instituttsion birliklarga moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni, shu jumladan, yer, foydali qazilmalar va boshqa noishlab chiqarish aktivlari, patent va litsenziyalarni vaqtinchalik foydalanishga berishdan keladigan daromadlar. Ularga quyidagilar kiradi:
a) Foizlar; b) Tashkilotlarning taqsimlangan daromadi (divident); c) Qayta investitsiya qilinadigan chet el investitsiyalari; d) Sug’urta polislari egalariga yuklatilgan mulk daromadi; e) Renta. Daromad hosil bo’lish hisoblamasida mulkdan daromad aks ettirilmaydi. Daromad hosil bo’lish hisoblamasi ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq taqsimlash jarayonini aks ettiradi. Uning ko’rsatkichlari tizimiga quyidagilar kiradi:
1. Mehnatga haq to’lash; 2. Ishlab chiqarishga sof soliqlar; 3. Korxonalarning yalpi foydasi; 4. Aholining aralash daromadlari. Hisoblamaning resurs qismida bozor narxidagi YAIM va ishlab chiqarish hamda importga subsidiyalar aks ettiriladi.
Foydalanish qismida esa YAIM ning birlamchi taqsimlanish unsurlari ko’rsatiladi. Bular;
Ish haqi; Ishlab chiqarish va importga soliqlar; Asosiy fondlarning iste’moli; Foyda.