Ammo, ilk bor vujudga kelishidayoq statistika davlatni boshqarish muhim quroli sifatida shakllangan va rivojlanib borgan bo’lsa ham, shu bilan bir vaqtda ko’pdan ko’p voqealarni, faktlarni miqdoriy jihatdan hisobga olish va malum darajada tartibga solish natijasida ilmiy jihatdan juda qiziqarli materiallar ham jamg’arildi. Bu ishning dastlabki onlaridayoq sezgir kuzatuvchi tarqoq butunlay tasodifiy tuyulgan o’g’il yoki qiz bola tug’ilish soni, nikoxlanish, yoki u yo bu yoshda o’lish soni va hokazo, shularga o’xshash hodisalarda malum tartib- qoidalar borligini payqab hayratda qoldi. Natijada buning sabablarini anglash ishtiyoqi kishida uyg’onib,ularni tushuntirish yo’llarini izlab topish ehtiyoji tug’ildi. Ana shu ehtiyojni qondirish uchun statistika xizmat qilaboshlashi bilan birga ilm-fan sohasiga aylandi. Amaliy faoliyatda to’plangan tajribalarni umumlashtirish yo’li bilan dastlab davlatni boshqarish uchun zarur malumotlar to’plash, qayta ishlash, tahlil qilish va talqin etish qoidalari, tartiblari, yo’llari, usullari yaratildi. Statistika ana shunday fan sifatida qaralib yangi izlanishlar asosida boyib bordi. Uning mohiyati va usullarini takomillashtirishda matematika usullari, qurollari va yangi nazariyalaridan foydalanish juda qo’l keldi, chunki statistika ham matematikaga o’xshab sonlar, miqdorlar bilan shug’ullanadi, ammo shunday toifalari bilan-ki, ular sifatga ega bo’lib, ommaviy hodisalarni o’lchash natijasida hosil bo’ladi.