Statistika fanining predmeti va uslubi


Keng va to’la ma’noda statistik tadqiqot ikkita bosqichdan tashkil topadi: 1) Tasviriy statistika bosqichi 2) Analitik statistika bosqichi



Yüklə 59,25 Kb.
səhifə5/6
tarix27.01.2023
ölçüsü59,25 Kb.
#81203
1   2   3   4   5   6
SA-121 Statistika

Keng va to’la ma’noda statistik tadqiqot ikkita bosqichdan tashkil topadi: 1) Tasviriy statistika bosqichi 2) Analitik statistika bosqichi.

  • Birinchi bosqichda quyidagi asosiy maqsad va vazifalar ko’zlanadi: o’rganilayotgan ob’ektlarni spetsifikatsiyalash, ular haqida ma’lumotlar to’plash va qayta ishlash, ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy me’yorlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni hisoblash, ularni ko’rkam va ixcham shaklda va zarur xollarda so’z bilan tavsiflash. Ikkinchi bosqichda esa ko’rsatkichlarni statistik taxlil qilish, ular orasidagi sabab-oqibat bog’lanishlarni aniqlash va baholash, o’rganilayotgan ob’ektlar taqsimotlaridagi qonuniyatlarni oydinlashtirish, ilmiy gipotezalarni ishonchlilik jihatdan baholash va statistik xulosalarni chiqarish va hokazolar asosiy maqsad va vazifalar hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistika roli va ahamiyati.

  • Insoniyat turmushi, xatti-harakatlari, ijtimoiy hayot statistika qo’llanishi va rivojlanishi uchun bepoyon makon yaratdi. Uning ilm-fan tarmog’i va amaliy faoliyat sohasi sifatida ilk bor shakllanishida yetakchi rolni aynan turmush voqealari va yashash zaruriyati, ijtimoiy hayot hodisalari o’ynagani bejiz emas.
  • Statistika yagona mustaqil fan sifatida gavdalanishi va turli sohalarda qo’llanishiga sabab uning predmeti bo’lmish ommaviy hodisa va jarayonlar hamma sohalarda ro’yobga chiqishi va umumiy xislatlarga ega bo’lishidir. SHu bilan bir qatorda ayrim sohalarda ular o’ziga xos sharoitlarda yuzaga chiqadi va ularning ta’siri ostida xususiy xususiyatlarga ham ega bo’ladi. SHu tufayli statistik qonuniyatlar namoyon bo’lishi me’yori ham, rivojlanish shakllari ham har bir sohada o’ziga xos yo’l bilan kechadi. Bu esa statistika uslubiyatini muayyan soha sharoitiga muvofiqlashtirishni, unga mos keladigan usullarni qo’llashni, sharoit o’zgarishi bilan ularni shaklan va mazmunan takomillashtirib turishni, yangilarini yaratib, eskilari o’rniga ularni ishlatishni talab etadi va xaqiqatda ham shunday bo’lmoqda.

Yüklə 59,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin