Statitsika fani predmeti va uning o’ziga xos xususiyatlari.
Predmet so’zi bir necha lug’aviy ma’noga ega. Bu:
1. bizdan tashqarida va ongimizga bog’liq bo’lmagan mavjudot, moddiy buyum, narsa;
2. o’rganiladigan hodisa, voqea, fakt;
3. fikr yuritish ob’ekti, fikrlash mazmunini tashkil etuvchi biror narsa yoki qandaydir xarakat yo’nalgan narsa;
4. fan mazmunini belgilovchi bilimlar doirasi;
5. mavzu, sabab.
Statistika o’rganish ob’ekti - bu ommaviy hodisa va jarayonlardir.
ommaviy hodisa - biror ob’ektlar to’plamida sodir bo’lgan voqea, harakat natijasi.
Ommaviy jarayon - bu ob’ektlar to’plamida sodir bo’lgan voqealar oqimi va uning xarakteri, ularning rivojlanish darajalari, to’plama hodisalar kechishidagi (harakatidagi) o’zgarishlar.
Ommaviy hodisa va jarayonning birinchi muhim belgisi - unda bir qancha ob’ektlar ishtirok etib, ular o’xshashlik alomatiga ega ekanligidan iborat.
Ommaviy hodisa va jarayonning birinchi muhim belgisi - unda bir qancha ob’ektlar ishtirok etib, ular o’xshashlik alomatiga ega ekanligidan iborat.
Ommaviy hodisa va jarayonning ikkinchi xossasi - ayrim to’plam ob’ektlari, elementlari o’ziga xoslik alomatiga ega bo’lib, mustaqil, erkli tarzda amal qilishidan iborat.
Ommaviy hodisa va jarayonning uchinchi xossasi - to’plam biror ob’ekti haqidagi tafsillarni uning barcha boshqa ob’ektlarining tafsilla-ridan aniqlab bo’lmasligi
Nihoyat, ommaviy hodisa va jarayonning to’rtinchi eng muhim belgisi - unda ma’lum qonuniyat yuzaga chiqishi, ammo u yakka hodisada namoyon bo’lmas-ligidan iborat.
Statistika fani metodi.
Umuman olganda, uslubiyat so’zi quyidagi lug’aviy ma’nolarga ega: 1) bilimning ilmiy metodlari haqidagi ta’limot; 2) biror narsani nazariy tekshirish va amaliy bajarish usuli, vositasi; 3) ayrim fan tarmoqlarida qo’llanadigan usullar, metodlar, yo’llar, vositalar majmuasi; 4) ishlash va boshqarishdagi o’ziga xos uslub, ya’ni maxsus yo’llar, usullar majmuasi.
Statistika uslubiyati - bu ommaviy hodisa va jarayonlarni o’rganishda, unda namoyon bo’ladigan qonuniyatlarni oydinlashtirishda ishlatiladigan o’ziga xos uslub, ya’ni statistika fani va amaliyotida qo’llanadigan yo’llar, usullar, vositalar majmuasi.