9
Ishlab chiqarish xajmining o’zgarishiga (qisqarish yoki ortishi) bog’lik bo’lmagan
tovarlarning xajmiga ta’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish xajmiga bog’liq bo’lmaydi, uning o’sishiga xam
bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning xar qanday, xatto nolinchi xajmida
xam mavjud bo’ladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari, soliqlar,
amortizatsiya
ajratmalari, ijara xaqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga
xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoishi va shu kabilar kiradi.
Doimiy xarajat
- Bular shunday xarajatlarki, ularning miqdori ishlab
chiqarishning oz yoki ko’p bo’lishiga qarab o’zgarmaydi, balki qanday bo’lsa,
shundayligicha qolaveradi. Masalan: tikuvchilik firmasi binoni 1mln so’mga
ijaraga oldi. Bankdan 5mln so’m qarz ko’tarib yiliga 1,0mln so’m foiz to’laydi,
hisobchini ishga olib oyiga 75 ming so’m, yiliga esa 900 ming so’m
ish xaqi
to’laydi. Bu xarajatlar jami 2,9mln so’mni ( 1.0+1.0+0.9=2.9 ) tashkil etadi. Firma
100 ta yoki 500 ta ko’ylak tikmasin, baribir shu 2.9 mln so’m xarajatni qilishi
shart. Doimiy xarajatlarga odatda
amortizatsiya ajratmasi, doimiy ishga
olinganlarning maoshi, ijara xaqi, korxona mulkini sug’urtalash puli, bankga
beriladigan foiz kabilar kiradi.
O’zgaruvchi xarajatlar- ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir
qiladigan xarajatlarga aytiladi. O’zgaruvchi xarajatlar-ishlab chiqariladigan tovar
miqdorini oshishiga yoki kamayishiga ta’sir qiladi va
ishlab chiqarish xajmi
o’zgarishiga bog’liklikda o’zgaradi. Unga xomashyo, material, yonilg’i-transport
xizmati, ishchilar ish xaqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning xar bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar
yigindisi
umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.
Umumiy doimiy хarajatlar mahsulot hajmini ko’payishi yoki kamayishiga
qarab o’zgarmaydi. Maxsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf
xarajatlarni xisoblash uchun O’rtacha umumiy, O’rtacha doimiy va O’rtacha
o’zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalanadi.
1.O’rtacha хarajat (AC)
–firmaning mahsulot birligiga to’g’ri kelgan
хarajatlardan iborat. O’rtacha хarajatni ham o’rtacha doimiy хarajatga (AFC) va
10
o’rtacha o’zgaruvchan хarajatga (AVC) bo’lish mumkin. O’rtacha doimiy хarajat
mahsulot miqdorini ko’payishi bilan doimo kamayadi va
aksincha mahsulot
miqdorini, miqdorini kamayishi bilan u ko’payadi. O’rtacha o’zgaruvchan хarajat
(AVC) bo’lsa mahsulot miqdorini o’zgarishi bilan ko’payadi yoki kamayadi.
O’rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
AFC =
𝑇𝐹𝐶
𝑄
Bu yerda:
AFC-o’rtacha doimiy xarajat.
TFC-doimiy xarajatlar summasi.
2.Qo’shimcha хarajatlar (MC)
–хar bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan
mahsulot birligi uchun sarflangan хarajat hisobiga umumiy хarajatni o’sgan qismi.
Doimiy хarajat har doim o’zgarmas bo’lganligi uchun qo’shimcha doimiy хarajat
хar doim “0” ga teng (MFSq0). Shuning uchun ham qo’shimcha xarajat –xar doim
qo’shimcha o’zgaruvchan xarajatdan iborat bo’ladi.
Yuqoridagi aytilgan fikrlarni aniqroq tushunish uchun quyidagi jadvalga murojaat
etamiz.
Doimiy (FC), o'zgaruvchi (VC) va yalpi (TC) xarajatlarning grafikdagi ifodasini 2-
chizma orqali ko'rishimiz mumkin.
ТС
VC
FC