Statistikaning paydo bólishi va rivojlanishi Reja



Yüklə 19,72 Kb.
səhifə2/4
tarix19.04.2023
ölçüsü19,72 Kb.
#100781
1   2   3   4
Statistikaning paydo b lishi va rivojlanishi Reja

Statistika fan sifatida.
Random House College lug’ati statistikani “yig’ish, tasniflash, tahlil qilish va axborot yoki ma’lumotlarni talqin
qilish bilan shug’ullanadigan fan” sifatida belgilaydi. Shunday qilib, statistik – beysbol o’yinlarida o’rtachani
hisoblaydigan yoki Gallup ijtimoiy so’rovlar natijalarini yozadigan oddiy kimsa emas. Professional statistiklar statistika
fanidan tahsil oladilar. Ya’ni, ular ma’lumotlar shaklida axborotni to’plash, ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan xulosa
qilish bilan o’rganadi. Bundan tashqari, statistiklar tegishli masalaga qanday ma’lumot kerakligini va tadqiqot bo’yicha
qilingan xulosalarga ishonish mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaydi.
Statistik ilovalarning turlari
Statistika – bu ma’lumotlar to’g’risidagi fandir. U raqamli ma’lumotlarni to’plash, tasniflash, umumiylashtirish,
tizimlashtirish, tahlil qilish, taqdimot va talqin qilishni o’z ichiga oladi.
Ma’lumotlar ko’p hollarda ularning xususiyatlarini baholash maqsadida qaysidir ma’lumotlar majmuasidan
tanlanadi. Biz bu jarayonni tanlanma deb nomlaymiz. Misol uchun, siz onlayn tarzda ma’lum bir mahsulot harid
qilayotgan barcha mijozlarning o’rtacha yoshini hisoblash uchun Internetda ushbu mahsulotni harid qilayotgan mijozlarni
yoshini to’plashingiz mumkin. Shunda o’z baholashlaringizni tegishli yosh guruhi uchun veb-saytida maqsadli reklama
uchun foydalanishingiz mumkin .

Tasviriy statistika ma’lumotlar to’plamida qonuniyatlarni topish va
axborotlarni umumlashtirish, hamda ushbu axborotlarni qulay shaklda taqdim
qilish uchun raqamli va grafik usullardan foydalanadi.
Xulosaviy (analitik) statistika tanlanma ma’lumotlaridan katta
ma’lumotlar to’plamini baholashda, yechimlarda, prognoz qilishda yoki boshqa
umumlashtirishlarda foydalanadi.

Eksperimental (yoki kuzatiladigan) birlik – bu obyekt (masalan,
inson, buyum, bitim yoki hodisa) bo’lib, biz u to’g’risida ma’lumotlar
yig’amiz.

Yüklə 19,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin