Bosh to’plam – bu birliklar to’plami (odatda, insonlar, ob’yektlar,
operatsiyalar yoki hodisalar) bo’lib, ularni o’rganishga biz qiziqamiz.
O’lchov – bu bosh to’plamning alohida o’zgaruvchan birliklariga tartib
raqamini berish uchun biz foydalanadigan jarayondir.
Tanlama – bosh to’plam birliklaridan maxsus usullar bilan tanlab olingan qismini ifodalaydi.
Yuqorida zikr etilgan ta’riflar xulosaviy statistika muammollarining beshtasidan to’rttasiga aniqlik kiritadi: bosh
to’plam, bir yoki bir necha qiziqtiruvchi o’zgaruvchilar, tanlanma va xulosa.
Statistik xulosa – bu tanlamani tashkil etuvchi axborotlar asosida bosh to’plam haqida prognozlashtirish va
ba’zi bir boshqa umumlashtirishlarni baholashdir.
Xulosa qilishda, biz uning ishonchliligini, ya’ni bu xulosaning qanchalik yaxshiligini bilishimiz zarur. Biz
uchun ishonchli yagona to’g’ri usul bo’lib, bosh to’plam to’g’risida xulosa qilishga tanlamaga barcha bosh to’plamni
kiritish hisoblanadi. Ammo resurslarning cheklanganligi (ya’ni, vaqt yoki mablag’ning yetishmasligi) tufayli, odatda, biz
butun bosh to’plam bo’yicha ish olib boraolmaymiz, shuning uchun biz xulosalarimizni bosh to’plamning bir qismi
(tanlama) bo’yicha qurishimiz mumkin. Shunday qilib, biz o’zimizning xulosalarimizga noaniqlik unsurini kiritamiz.
Binobarin, imkon qadar, doimo har bir qilingan xulosaning ishonchliligi aniqlash va xabarini yetkazish muhim
ahamiyatga ega. Ishonchlilik – bu xulosaviy (analitik) statistika muammosining beshinchi unsuridir.
Ishonchlilik darajasi, xulosa bilan birga sodir bo’lib, statistika fanini fol ochish san’atidan ajratib turadi.
Xiromantika, statisti sifatida, namunani (sizni qo’lingizni) o’rganishi va bosh to’plam (sizning hayotingiz) to’g’risida
xulosa qila oladi. Ammo statistik xulosalardan farqli o’laroq, o’quvchining kafti bo’yicha xulosalar – ishonchlilik
ko’rsatkichi emas.
Ishonchlilik darajasi statistik xulosa bilan bog’liq bo’lgan noaniqlik
me’yorining (odatda miqdoriy) tasdig’i hisoblanadi.