Statistikaning predmeti va uslubi maqsad


Statistikaning  o’rganish  ob’ekti



Yüklə 463,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix10.02.2022
ölçüsü463,02 Kb.
#52377
1   2   3   4   5   6
1 мав стат

Statistikaning  o’rganish  ob’ekti  insoniyat  hayotida  ro’y  beradigan  barcha  ommaviy 

voqea  va  hodisalardir,  predmeti  esa  shu  ommaviy  voqea  va  hodisalarni  miqdoriy 

tomonlarini o’rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini 

o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir. 

Yuqorida berilgan ta’rifda statistika predmetining quyidagi xususiyatlari ko’rsatilgan: 



Birinchi xususiyat. Ommaviy hodisalarni o’rganadi. Masalan,  professor oilasida 3 

nafar  qiz  bola  tug’ildi,  fermer  oilasida  3  nafar  o’g’il  bola  tug’ildi.  Bu  erdan, demak 

professorlar oilasida faqat qiz bola tug’ilar ekan, fermerlar oilasida o’g’il bola tug’ilar 

ekan degan xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki bu voqealar ommaviy emas. Bunday 

xulosa chiqarish uchun aholi punkti, shahar, viloyat, mamlakat  yoki dunyo aholisining 

oilalarida bolalar tug’ilishini o’rganish kerak. Shunday o’rganishlardan bizga ma’lumki, 

har 100 ta qiz bolaga 105 ta o’g’il bola tug’iladi, lekin doimo ayollar soni erkaklar sonidan 

ko’p. 


Ikkinchi xususiyat. Miqdoriy tomonlarini o’rganadi. Bizga ma’lumki, har bir hodisa 

sifat  va  miqdor  tomonlariga  ega.  Hodisa  va  voqealarni  sifat  tomonlarini  aniq  fanlar 

o’rganishi  hammaga  ma’lum,  lekin  bu  degani  statistika  hodisalarning miqdorini 

o’rganishda, ularning sifat tomoniga umuman e’tibor bermaydi degani emas. Aksincha, 

sifat  va  miqdor  ko’rsatkichlari  uzviy  bog’liqlikda  o’rganiladi.  Masalan,  Respublikada 

faoliyat  ko’rsatayotgan  qo’shma  korxonalarni  olaylik.  Ularning  5  yillik  iqtisodiy  – 

moliyaviy  faoliyatini  tahlil  qilib,  olingan  natijalar  asosida  qo’shma  korxonalarni  uch 

guruhga ajratsak: yaxshi ishlagan, o’rtacha ishlagan, yomon ishlagan. Ko’rinib turibdiki, 

biz  miqdor  ko’rsatkichlarni  tahlil  qilib,  qo’shma  korxonalarni  sifat  ko’rsatkichi  orqali 

ularni uch guruhga ajratdik. 



Uchinchi  xususiyat.  Aniq  sharoit  va  vaqt.  Voqea  va  hodisalarning  miqdoriy 

tavsiflanishini statistika raqamlarda ifodalaydi. Ular makonda farqlanadi va vaqt bo’yicha 

o’zgaradi. Masalan, Farg’ona va Buxoro shaharlari aholisining soni va tarkibi bir xil emas, 

ular vaqt bo’yicha ham o’zgarib turadi. Shuning uchun ham statistik ma’lumotlar o’zining 

vaqt bo’yicha chegaralanganligi, joy bo’yicha va to’plamdagi faktlar hajmining aniqligi 

xususiyati bilan ajralib turadi. 



To’rtinchi  xususiyat.  Hodisalarning  rivojlanish  qonuniyatlari.  Ko’pchilikning 

fikricha,  qonuniyat  deganda  o’rganilayotgan  hodisalar-dagi  takrorlanish,  aniq  tartib va 

to’g’rilik,  birin-ketinlik  tushuniladi.  Bu  holatlar  bir-biridan  farq  qiluvchi  belgilarning 

umumiy to’plamda o’zaro yoyishib ketishi natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun ham, 

ommaviy  ma’lumotlarni  umumlashtirish  yo’li  bilan  aniqlangan  qonuniyatlar  statistik 

qonuniyatlar  deb  yuritiladi.  Statistik  qonuniyatlarning  o’ziga  xos  xususiyati  shundan 

iboratki,  ular  to’plamdagi  ayrim  xodisalarga,  elementlarga,  birliklarga  tegishli 

bo’lmasdan, balki umumiy to’plamga tegishlidir. 

Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablarning murakkab qo’shilmasi 

va o’zaro ta’siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alohida olingan birlikda emas, 

balki  barcha  birliklarni  o’zida  qamrab  olgan  to’plamlarda  namoyon  bo’ladi.  Bu  erda 

ulkan sonlar qonuni amal qiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, hodisalar to’plami 

qanchalik  ko’proq  unsurlardan  tashkil  topgan  bo’lsa,  unda  alohida,  tasodifiy  sabablar 

bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanliklar shunchalik to’laroq o’zaro yoyishadi va oqibat 

natijasida  hodisalarning  zaruriy  bog’lanishi  va  izchilligining  umumiy  qonuniyatlari 

aniqroq namoyon bo’ladi. 

Statistika o’z predmetini quyidagi kategoriyalar yordamida o’rganadi: 


Yüklə 463,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin