Statistikaning predmeti va uslubi maqsad



Yüklə 463,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix10.02.2022
ölçüsü463,02 Kb.
#52377
1   2   3   4   5   6
1 мав стат

asoslari va vazifalari

 

 

Sobiq  Sovet  Ittifoqi  davrida  statistika  faoliyati  markazdan  boshqarilib,  barcha 

metodologik  va  uslubiy  masalalar  u  erda  mujassamlashgan  edi.  Ittifoqdosh 

respublikalardagi  statistika  idoralari  (avvalgi  Markaziy  statistika  boshqarmalari, 

keyinchalik  esa  Davlat  statistika  qo’mitalari)  faqat  statistik  ma’lumotlarni  respublika 

miqyosida to’plash, qayta ishlash va olingan ma’lumotlarni markazga etkazib berish bilan 

shug’ullanar  edilar.  Masala  shu  qadar  markazlashtirilgan  ediki,  hatto  ittifoqdosh 

respublikalarda yaratilgan milliy daromad hajmi joylarda emas, balki markazda aniqlanar 

edi. 

O’zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgan  davrdan  boshlab  statistika faoliyatini 



tashkil etish masalasida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Dastavval, statistika va bashorat 

qilish  ishlarini  uyg’unlashtirish  hamda  metodologik-uslubiy  masalalarni  bozor 

iqtisodiyoti 

sharoitlariga 

moslashtirish 

maqsadida 

O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining 1992 yil 6 avgustdagi UP-949 sonli Farmoni va O’zbekiston Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 7 avgustdagi 367-sonli qaroriga ko’ra Davlat statistika 

qo’mitasi  Taraqqiyot  istiqbolini  belgilash  qo’mitasi  bilan  birlashtirilib,  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Vazirlar  Mahkamasining  Istiqbolni  belgilash  va 

statistika («O’zistiqbolstat») Davlat qo’mitasi tashkil qilindi. 

Respublikamizda  statistika  ishlarini  qonuniy  va  xalqaro  standartlar  asosida  olib borish 

ishlarini tashkil qilish uchun 1993 yilning 2 sentyabrida Oliy Majlis tomonidan 

«Davlat  statistikasi  to’g’risida»  qonun  va  1994  yilning  24  avgustida  Vazirlar 

Mahkamasining  433-sonli  qaroriga  binoan  «O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro 

amaliyotda  qabul  qilingan  hisob  va  statistika  tizimiga  o’tish  bo’yicha  Davlat  dasturi» 

qabul qilindi. 

Respublikaning  ehtiyojlaridan  kelib  chiqib  xalqaro  registrlarni  shakllantirish 

tamoyillariga  muvofiq  korxonalar  va  tashkilotlarning  Yagona  davlat  registrini 




(KTYaDR)  ishlab  chiqish  va  yuritish  maqsadida  1994  yilning  17  noyabrida  Vazirlar 

Mahkamasining  555-sonli  «Mulkchilik  va  xo’jalik  yuritishning  barcha  shakllaridagi 

korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registri to’g’risida» qarori qabul qilindi. Bu 

qarorni qabul qilishdan asosiy maqsad: 

 



O’zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarni yagona davlat hisobiga olishni 



ta’minlash; 

aniq mo’ljalli iqtisodiy ko’rsatkichlar negizida yoppasiga statistik kuzatishni 



yuritish, shuningdek bir yo’la hamda tanlab o’tkaziladigan tadqiqotlar va ro’yxatga 

olishlarni tashkil etish; 

respublika va hududiy boshqaruv idoralarining axborot almashishda ijtimoiy- 



iqtisodiy ko’rsatkichlarning bir-biriga to’g’ri kelishini va taqqoslamaligini ta’minlash; 

xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  respublika  axborot  makoni  doirasida  o’zaro 



hamkorlik  qilishlarida  ularni  identifikatsiyalashtirishning  yagona  tamoyillarini 

ta’minlash; 

ishonchli axborot to’plash va ular bilan boshqaruv idoralari va foydalanuvchilarni 



ta’minlash. 

Korxona va tashkilotlar Yagona davlat registrining amaliyotga kiritilishi natijasida 



quyidagilarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi: 

xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni bir yoki bir necha axborot belgilari bo’yicha istalgan 



jamlikda tanlash va guruhlarga ajratish; 

boshqa idoralarning registrlari bilan o’zaro hamkorlik qilish; 



KTYaDR ma’lumotlarini qog’ozda, disketda, aloqa vositalari orqali tanlash va 

berish; 

KTYaDR ma’lumotlarini yangilash va dolzarblashtirish; 



KTYaDR ma’lumotlarini himoya qilish. 

 

Yuqorida  keltirilgan  qonuniy  asoslar  respublikamizning  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish 



jarayonining birinchi bosqichida statistika ishlarini tashkil qilish va takomillashtirishda 

tashkil qilishda katta ahamiyat kasb etdi. 

Shu 

  davrda    respublikamizda  xalqaro   moliya  va   statistika  institutlarining 



ekspertlari  yordamida  xalqaro  standartlarga  asoslangan  inflyatsiya  jarayonlarini 

ifodalovchi  iste’mol  narxlari  indekslari  hamda  milliy  hisoblar  tizimiga  asoslangan 

yalpi ichki mahsulot boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashga asos solindi.  


Yüklə 463,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin