Statistikaning umumiy nazariyasi va predmeti statistik kuzatish usuli statistik ma’lumotlarni jamlash va guruhlash



Yüklə 94,83 Kb.
səhifə3/10
tarix02.01.2022
ölçüsü94,83 Kb.
#37439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-MAVZU “STATISTIKA” FANIGA KIRISH

Statistik kuzatish - tadqiqot qilinayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risida ilmiy tuzilgan dastur asosida ommaviy ma’lumotlarni to‘plash usulidir. Kuzatish statistikaning boshlanishidir. O‘rganilayotgan hodisa va jarayonlar kuzatiladi va kerakli ma’lumotlar to‘planadi. Statistik kuzatish uchun ma’lum darajada tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Statistik kuzatish maqsadi va vazifalar, kuzatish ob’ekti, dasturi va usullari ishlab chiqiladi. Bu to‘g‘risida keyingi maxsus mavzularda so‘z yuritiladi.

Statistikaning keyingi bosqichi kuzatish natijasida kuzatish birliklaridan olingan ma’lumotlarni jamlash va guruhlashdir.

Jamlash - bu kuzatishdan olingan ma’lumotlarni reja asosida ayrim belgilari bo‘yicha yig‘ishdir (to‘plashdir).

Guruhlash - ma’lumotlarni bir yoki bir necha belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib to‘plashdir.

Guruhlash natijasida kuzatishdan olingan juda ko‘p hodisa va jarayonlar ma’lum tizimga (sistemaga) keltiriladi. Ulardan statistik tahlil va xulosa qilinuvchi axborotlar olinadi.

Statistikaning tub mohiyatidan kelib chiqadigan vazifalaridan biri - bu o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning umumlashgan tasvirini berishdan iborat.

Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga:

- mutloq ko‘rsatkichlar;

- nisbiy ko‘rsatkichlar;

- o‘rtacha ko‘rsatkichlar kiradi.

Statistikada umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning mohiyati keyingi mavzularda alohida yoritiladi. .
Ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni juda ko‘p fanlar o‘rganadi. Statistika bu fanlar bilan o‘zaro aloqada. Statistika falsafa fanining kategoriyalariga asoslanadi. Falsafaning makon va zamon, sabab va oqibat, miqdor va sifat va boshqa kategoriyalari statistika uchun metodologik asos hisoblanadi. SHuning uchun ham statistika barcha hodisa va jarayonlarni ma’lum makon va zamonda o‘rganadi, ulardagi miqdor, miqdoriy o‘zgarishlar natijasida sifat o‘zgarishlar kelibchiqadi, ushbu o‘zgarishlar sababli - oqibat yakuniy natija paydo bo‘ladi deb o‘rgatadi.

Statistika - matematika fani bilan uzviy bog‘liq. Hodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi statistik to‘plamdagi birliklar qancha ko‘p bo‘lsa, umumiy belgilar shunchalik aniq ko‘rinadi. SHuning uchun ham statistika katta sonlar qonuniga asoslanadi, kuzatish ma’lumotlarini guruhlashda matematik usullardan keng foydalanadi.

Statistika - ayniqsa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Iqtisodiy nazariyadan: ijtimoiy mahsulot, milliy daromad, qiymat, foyda, mehnat, ish haqi, mehnat unumdorligi va shu kabi iqtisodiy kategoriyalar mohiyatini va iqtisodiy qonunlarni bilib oladi, ularni ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda qo‘llaydi.

Statistika - buxgalteriya hisobi va operativ - texnik hisob bilan yagona halq xo‘jaligi hisobi tizimini tashkil etadi. Operativ - texnik hisob ayrim olingan hodisa va jarayonlar to‘g‘risida ma’lumotlar oladi.

Buxgalteriya hisobi esa korxonalar (tashkilotlar) mablag‘lari, ularni tashkil etuvchi manbalar va faoliyat natijalarini xujjatlar asosida uzluksiz ravishda hisobga olib boradi.

Xalq xo‘jaligining bu hisob turlari ma’lumotlari bir- birini to‘ldiradi, natijada mamlakatni va hududlarni boshqarish uchun etarli darajada axborotlar ta’minlanadi.

Statistika iqtisodiy tahlil fani bilan ham bog‘liq. Iqtisodiy tahlilda statistika ma’lumotlaridan, uning usullaridan foydalanib, kerakli ko‘rsatkichlar aniqlanadi va ulardan tegishli xulosalar qilinadi.

Menejment uchun statistika axborotlar ta’minoti manbai hisoblanadi. Statistik ma’lumotlar asosida tegishli boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. Menejment ham o‘z navbatida statistikaga qaysi yo‘nalishlarga e’tibor berish zarurligini, qaysi ko‘rsatkichlarni o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.

Statistika fani biznes - reja fani bilan uzviy bog‘lanishda. Biznes - reja tuzishda statistika ma’lumotlaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa ommaviy hodisalarning o‘zgarishlarini statistik tahlil qilish ma’lumotlari, reja ko‘rsatkichlari o‘sish darajalarini belgilashda foydalaniladi.

Statistika moliya va kredit fani bilan ham uzviy aloqada. Moliya fanining asosiy vositalar, aylanma mablag‘lar, foyda kabi asosiy tushunchalari iqtisodiy statistikada o‘rganiladi. Bu ko‘rsatkichlarning makon va zamonda qanday o‘zgarayotganligini statistika ko‘rsatib beradi.

SHunday qilib, statistika fani falsafa va barcha iqtisodiy fanlar bilan chambarchas, uzviy bog‘lanishda. Ular bir - birlarini to‘ldiradi, ijtimoiy - iqtisodiy hodisa va jarayonlarni yanada chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyoti sharoitiga utishi va shu munosabat bilan milliy iqtisodiyotda yuz bergan tub o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi statistika zimmasidagi ma’suliyatni yanada oshiradi. Statistika oldida turgan vazifalar mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan vazifalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu vazifalar jumlasiga quyidagilar kiradi.

- ko‘rsatkichlar tuzilishini bozor munosabatlari talabiga javob beradigan tarzda takomillashtirish;

- milliy iqtisodiyot tarmoqlaridagi barcha hisobotlarni bozor munosabatlariga moslash, tartibga solish va ularning aniqligini ta’minlash;

- statistikaning analitik funksiyasini oshirish;

- xo‘jalik yuritishning turli shakllarini, mulkchilikning ko‘p qirraligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqarish;

- iste’mol bozoridagi ishlab chiqarish vositalari va qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi mutanosiblikni, hamda inflyatsiya jarayonini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqarish;

- davlat budjetini holatining va banklar faoliyatini, korxona, firmalar va aholi daromadi va ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqarish;

- mamlakatning xorijiy davlatlar bilan bo‘ladigan munosabatlarini, ular faoliyatida korxonalarning qatnashish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqarish;

- mamlakat aholisining soni va tarkibini, aholining takror ishlab chiqarilishini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlarni, sog‘lomlik darajasi, umr uzunligi, sog‘lom avlodning yuzaga kelishi va shu singari demografik ko‘rsatkichlarni aniqlash;

- iqtisodiy resurslar, ularning tarkibi va dinamikasi, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishi, ulardan samarali foydalanish natijalarini aniqlash;

- iqtisodiy jarayonlarning asosiy yakunlari, mahsulot jami va tarkibi, iqtisodiy o‘sish darajasi, iste’mol va jamg‘arish, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari orasidagi nisbatni o‘rganish;

- daromadlarning hosil qilinishi, taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, ulardan foydalanish;

-ijtimoiy sohaning rivojlanishi, xalq maorifi va sog‘liqni saqlash, iqtisodiy o‘sish bilan ijtimoiy rivojlanish oralig‘idagi bog‘lanishni o‘rganish;

- uy - joy kommunal xo‘jaligi va xizmatlar, turar joy fondlari, aholining uy - joy bilan ta’minlanganlik darajasi, kommunal xizmatlar va yaratilgan qulayliklarni o‘rganish;

- investitsiya jarayoni, uning hajmi va tarkibi, moliyalashtirish manbai va uning samaradorligini o‘rganish;

- moliyaviy operatsiyalar, muomaladagi naqd pul miqdori, ajratilgan ssuddalar hajmi, sug‘urta faoliyati, fond bozori, qimmatbaxo qog‘ozlar bilan bo‘ladigan muomalalar va shu singarilarni o‘rganish;

- tashqi iqtisodiy faoliyat natijalarini o‘rganish va xokazo shu singarilardan iborat.

Xulosa qilib aytganda, statistikaning vazifasi ommaviy ijtimoiy hodisa va jarayonlarning hajmini, tarkibini, dinamikasini va unga ta’sir etuvchi asosiy omillarni o‘rganish, shuningdek mamlakatning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy taraqiyot istiqbollarini belgilab berishdan hamda mamlakatni, uning regionlari va tarmoqlarini, alohida korxona, firmalar va tashkilotlarni boshqarish uchun zarur bo‘ladigan ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan boshqaruv organlarini va rahbar xodimlarni ta’minlab berishdan iboratdir.


Statistika o‘z ob’ektlarini o‘rganadigan fan bo‘lib qolmasdan, amaliy faoliyatda ham mavjud. Hozirgi paytda har bir firma, korxonalardan ya’ni barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan boshlab, tuman, viloyat va mamalakat miqyosida barcha iqtisodiy-ijtimoiy voqea, hodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va ularni saqlash statistika organlariga yuklatilgan. Statistika ishlarini tashkil etishni yaxshilash va uning ma’lumotlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tegishli me’yoriy xujjatlar qabul qilingan.

2002 yil 12 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi qonuni (yangi tahrirda) qabul qilindi. Bu qonunda Davlat statistika organlarining asosiy vazifalari ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, hamda ularning natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish va tahlil etish bilan bir vaqtda davlat organlari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash ham yuklatilgan. Demak statistika organlari yuqoridagi sub’ektlarni o‘z vaqtida, ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni real ifodalaydigan ma’lumotlar bilan ta’minlab turishi lozim. Statistik ma’lumotlar asosida, korxonalar, firmalar, hududlar, mamlakat iqtisodiy holatlari o‘rganiladi va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash istiqbollari belgilanadi.

2002 yil 24 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Bu Farmonga asosan Respublika Iqtisodiyot vazirligi va alohida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ailoyatlarda va Toshkent shahrida – statistika boshqarmalari, respublikaning boshqa shaharlarida va tumanlarida – statistika bo‘limlari faoliyat yuritmoqda.

Tegishli Hokimlarga qarashli bu statistika organlari, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qiladi, to‘g‘riligini nazorat qiladi va qayta ishlab, umumlashtirib, mamlakatning boshqaruv organlari va qiziquvchilarga etkazib beradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘qrisida”gi qonunning 6-moddasida “Davlat statistika organlarining huquqlari” shunday ifodalangan:



  • davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga solish ishlarini amalga oshirish;

  • davlat statistika organlari va boshqa davlat organlari tomonidan olib boriladigan davlat statistikpa kuzatuvlari dasturlarini tasdiqlash hamda idoraviy xususiyatdagi statistika kuzatuvlari shakllarini kelishib olish;

  • moliya, bojxona, soliq organlaridan, banklardan, boshqa idoralar va xizmatlardan, yuridik shaxslar hamda ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlardan davlat statistika hisobotlari, idoraviy hisobga olish ma’lumotlari hamda davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida), shuningdenk ularga ilova etiladigan tushuntirish-izohlarni surash hamda olish va statistika maqsadlarida foydalanish;

  • korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda statistika ma’lumotalri ishonchliligini tekshirish, qoidabo‘zarliklar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish haqida ko‘rsatma beri shva statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish;

  • olinayotgan statistika ma’lumotlarining to‘liqligi hamda holisligini ekspertizadan o‘tkazish;

  • statistika ma’lumotlarini taqdim etayotgan davlat organlari, yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar bajarilishi majburi bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;

  • davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini bo‘zgan shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq ravishda jarima sanksiyalarini qo‘llash;

  • yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishini amalga oshirayotgan organlardan korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish uchun zarur ma’umotlar olish;

  • Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan statistikaga oid, tahliliy, axborot, noshirlik xizmatlari va boshqa xizmatlarni shartnoma asosida qonun hujjatalrida belgilangan tartibda ko‘rsatish;

  • boshqa davlatlarning statistika organlari va xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish;

  • ayrim vazifalarni bajarish uchun funksional bo‘linmalar tashkil etish.



  1. Yüklə 94,83 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin