Stomatolog tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlarini gigienik baholash. Annotasiya



Yüklə 93,9 Kb.
səhifə1/5
tarix21.12.2023
ölçüsü93,9 Kb.
#188160
  1   2   3   4   5
Документ Microsoft Word


Stomatolog tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlarini gigienik baholash.
Annotasiya.
XXI asr tibibbiyoti shiddatsiz rivojlanish bosqichlarini oʼtayapti. Mustaqillikka erishilgandan keyingi davrda respublikamizda aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash yo’nalishida juda katta ishlar amalga oshirildi. Birgina stomatologiya sohasi yoʼnalishi boʼyicha respublikamiz aholisiga stomatologik xizmatni sifatli va jahon standartlariga mos ravishda koʼrsatish maqsadida qadrlar tayyorlashga katta eʼtibor qaratilayapdi.
O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947- sonli «O’zbekistan Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida»gi farmoni, 2017-yil 20-iyundagi PK-307-sonli «O’zbekistan Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori tibbiyot sohasi xodimlari qatori stomatologlar oldiga ham katta vazifalarni qoʼyadi.
Tadqiqotning dolzarbligi:
Stomatolog shifokorlari aholi orasida eng ko’p tibbiy murojaat qilinadigan mutaxassisliklardan biri hisoblanadi. Statistik ma’lumotlariga ko’ra ular laboratoriya diagnostikasi (9,4%), bolalar shifokori (14,8%), terapevtlar (21%) va tor doiradagi shifokorlardan (28,1%) keyin beshinchi o'rinni (8,1%) egallaydi.
Stomatolog tibbiyot xodimlarining ish jarayoni yomon mehnat sharoitlari, shu jumladan vizual va neyro-emotsional stress, majburiy mehnat holati, yorug'likning pastligi, turli infektsiyalarni yuqtirish xavfi, sog'liq uchun noqulay bo'lgan bir qator kasbiy omillar shovqin, tebranish, zararli kimyoviy omillar doimiy ta’sir qilib keladi.
Kalit so’zlar. Stomatology shifokori, terapevt, neyro-emotsional stress, majburiy mehnat holati, shovqin tebranish
Tatqiqot maqsadi: Turli yo’nalishdagi stomatologlar uchun mehnat sharoitlarini har tomonlama sanitariya-gigiyenik baholash.
Tadqiqot ma’teriallari va usullari: Stomatolog shifokorlarini sog'lig'ini patologik o'zgarishlarning tabiati va chastotasini va ularning zamonaviy mehnat sharoitlari bilan mumkin bo'lgan bog'liqligini o'rganish maqsadida 2022-2023 yillarda. 25 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan 258 nafar stomatolog shifokorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 39,8 foizi erkaklar, 60,2 foizi ayollardir. 21,2 foizi 5 yildan kam, 38,4 foizi 5 yildan 15 yilgacha, 26,4 foizi 15 - 20 yil va 14 foizi 20 yildan ortiq ish stajiga ega. Taqqoslash guruhiga 250 nafar ambulator tibbiyot xodimlari kirdi.
Belgilangan muammolarni hal qilish uchun sanitariya-gigiyena, klinik, psixo-vegetativ, immunologik va statistik tadqiqotlar kompleksi usullaridan foydalanildi.
Harorat va namlik sharoitlari simob termometri va MV – 4 – 2M aspiratsion psixrometr yordamida aniqlandi.
Tabiiy va sun'iy yoritishni o'lchash puls o'lchagich - "Argus - 07" lyuksmetri va "TKA - PK" kombinatsiyalangan moslamasi bilan amalga oshirildi.
Kasallikning tahlili davriy tibbiy ko'rik natijalari ma'lumotlari bo'yicha amalga oshirildi.
Kasallikni o'rganish funktsional, morfologik kasalliklar va surunkali kasalliklarning tarqalishini baholash orqali amalga oshirildi.

Yüklə 93,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin