37
3.2.Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili asosiy iqtisodiy
ko’rsatkiyalarni o’rganishdan boshlanadi. Bu ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat:
1.
Bozor hajmi.
2.
Raqobat miqyosi (mahalliy, mintaqaviy, dunyo)
3.
Bozorning o’sish sur’atlari va u rivojlanishning qaysi bosqichda ekanligi
4.
Raqobatchilar soni va ularning hajmi.
5.
Xaridorlar soni va ularning moliyaviy imkoniyatlari.
6.
Integratsiya qaerga qarab ketyapti?
7.
Texnologik o’zgarishlarning yo’nalishi va sur’atlari.
8.
Tarmoqqa kirish va undan chiqishning osonligi.
9.
Raqobatchilar mahsuloti va xizmatlarining tabaqalanish darajasi.
10.
Kompaniyaning
ishlab chiqarish hajmi, yuklarni tashishni tashkil qilish,
marketing va reklamani tashkil qilish tejamkorlikka erishish imkonining mavjudligi.
11.
Tarmoqdagi «o’qitish tajriba» egri chizig’i ijobiy tendentsiyaga egami?
12.
Tarmoqqa zarur bo’lgan kapital sarmoyalar qo’yilayaptimi?
13.Tarmokdagi daromad darajasi umumiy daromad
darajasida pastmi yoki
yuqori?
Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha soha «portretini» tuzib, so’ng tahlil qilish
maqsadga muvofiq. Buning uchun ushbu jadvalda ayrim iqtisodiy ko’rsat-kichlarning
strategik jihatdan muhimligiga doir ma’lumotlar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: