315
ham yangi Inson taraqqiyoti indeksiga o‘xshab xuddi o‘sha formulalar jamlamasini
qo‘llaydi, ilgarigi Inson taraqqiyoti indeksida qo‘llanilgan ko‘satkichlar to‘plami
ya’ni umr ko‘rish, kattalar savodxonligi, oliy o‘quv yurtida taxsil olganlik umumiy
darajasi va jon boshiga YAlpi Ichki Maxsulot kiradi. 2010 yilgi Xisobotda 1970
yildan buyon bo‘lgan Inson taraqqiyoti indeksi tarixiy tendensiyalari taxlil uchun
qo‘llanilgan, chunki o‘tgan o‘nyilliklarda bu ko‘rsatkichlar uchun juda ko‘p
ma’lumotlar mavjud. Gibrid Inson taraqqiyoti indeksi 135 mamlakatda 1970 yildan
2010 yilgacha bo‘lgan yillik ma’lumotlarni qo‘llaydi.
Mamlakatni a’zo qilish.
Mamlakatni Inson taraqqiyoti indeksiga
a’zo qilishning qanday shartlari bor?
Inson taraqqiyoti indeksi xisoboti idorasi iloji
boricha ko‘p BMTga a’zo mamalakatlarni a’zolikka kiritishga intilgan. Biron bir
mamlakatni Inson taraqqiyoti indeksi a’zoligiga kiritish uchun bizga oxirgi, ishonchli
va shuningdek uchala yo‘nalishlar bo‘yicha taqqoslashga mos ma’lumotlar kerak.
Mamlakatning a’zolikka kirishi uchun u xaqidagi ma’lumotlar hamma
xalqaro tashkilotlarda ideal holda mavjud bo‘lishi kerak.
Nima uchun 2010 yilgi Inson taraqqiyoti indeksi 2009 yildagiga
qaraganda kamroq mamlakatlarni qamrab olgan?
Bu yilgi Inson taraqqiyoti
indeksida 169ta mamlakatlar va xududlar xisoblab chiqilgan. Bir yoki undan ortiq
qismlar bo‘yicha ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan va Inson taraqqiyoti indeksiga
kiritilmagan davlatlar: Antigua va Barbuda , Butan, Kuba, Dominika, Eritreya,
Grenada, Livan va Bosib olingan Falastin xududlari, Ummon, Muqaddas Kitts, va
Nevis, Muqaddas Lusia, Muqaddas Visent va Grenadaliklar, Samoa, Seyshel orollari
va Vanuatudirlar. Mikroneziya bu yil Inson taraqqiyoti indeksi ro‘yxatiga birinchi
marta kirdi. Zimbabve esa 2009 yilda daromadlar ko‘rsatkichi ma’lumotlari
bo‘lmaganligi uchun kiritilmagan edi yana qaytadan kirdi.
Dostları ilə paylaş: