327
Boshqaruvning mazmuni jarayon sifatida o‘zining
faoliyati turlarini
ifodalaydigan vazifalarda ochiladi. Ular yordamida boshqaruv sub’ekti
boshqariluvchi ob’ektga ta’sir qiladi.
Tashkiliy texnik rejada ishlab chiqarishni boshqarish belgilariga ko‘ra quyidagi
vazifalarga bo‘linishi mumkin: boshqaruv jarayoninig mazmuni,
ishlab-chiqarish
xo‘jalik faoliyati turlariga aloqadorlik (mansublik). Sanab o‘tilgan belgilar bo‘yicha
hamma yirik vazifalar bir nechta qismlarga bo‘linishi mumkin. Bunda birgina
korxona ichidagi boshqaruv mehnatining bo‘linishi ko‘p miqdorli omillarga ta’sir
hiladi, shu jumladan: keng ko‘lamlilik va boshqalar.
Buning asosida boshqaruv
mehnatining vazifa egaligida bo‘linishi yuzaga keladi. SHunday ekan,
mehnatning
vazifaga bo‘linishi so‘zlari keng ma’noda o‘z ichiga ishlab-chiqarish xo‘jalik
faoliyati muhiti bo‘yicha boshqaruv jarayonining alohida boshqaruv ishi va
operatsiyalar turlariga bo‘linishini oladi.
Boshqaruv bo‘yicha shunday mehnat bo‘linmasini ta’minlash muhimki, unda
hamma vazifalari o‘zaro aloqadorlikda va muvofiqlashgan holda bajarilishi kerak. Bu
esa alohida boshqaruv vazifalarining turli boshqaruvchi
tizimlarining maydonlariga
oqilona qo‘shilib ketishini va bir-biriga biriktirilishini ta’minlashda yordam beradi.
Bu o‘z navbatida, boshqaruv apparatida ishlaydiganlarning
huquq va burchlarini
aniqroq aniqlab beradi, Boshqaruv tizimini mukammallashtirib beradi.
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR
14-mavzu
KEYS STADI
1-masala
“Fayz” korxonasi 2005 yilda 1 milliard so’mlik mahsulot ishlab chifargan. 2006
yilda esa, mahsulot ishlab chiqarish 110 foizga, 2007 yilda 120 foizga, 2008 yilda
140 foizga, 2009 yilda 160 foizga oshgan.2010 yilda esa rejaga binoan 2
barobar
ko’payishi kerak. Ushbu korxonada 2006 yilda 2 ming kishi ishlagan. Kelgusi
yillarda esa xizmatchilar soni o’zgarmagan.
Vazifa:Mahsulot
ishlab
chiqarish
dinamikasini
aniqlang
va
mehnat
unumdorligining ko’payishini hisoblang.
Dostları ilə paylaş: