Strategik menejment


-mavzu. Servis xizmatlari menejmenti



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə259/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   309
Strategik menejment

11-mavzu. Servis xizmatlari menejmenti 
 
Servis xizmatlarining asosiy turlari. Servis xizmatlari boshqarish bo‘yicha 
rivojlangan mamlakatlar tajribasi. Servis xizmatini tashkil qilishda yangicha 
yondashuvlar. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish istiqbollari.
O‘zbekistonda servis sohasi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish jarayonlari. 
 
12-mavzu. Bank xizmatlari menjmenti strategiyasi
Bank xizmatlarini boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari. Bank xizmatlari 
turlari. Bank xizmatlari marketingi. Bank xizmatlarini boshqarishda zamonaviy 
axborot texnologiyalari. Bank xizmatlari sifati. Bank xizmatlarining turli shakllari. 
Innovatsion bank xizmatlari. Masofaviy bank xizmatlari samaradorligi. 
 
13-mavzu. Sug‘urta xizmatlari menejmenti strategiyasi 
 
Sug‘urta xizmatlari va uni boshqarishning zarurati. Sug‘urta xizmatlari bozori. 
Sug‘urta xizmatlari marketingi. Sug‘urta xizmatlariga talabni shakllantirish. Sug‘urta 
mahsulotlari va uning sifati. Davlat tominidan sug‘urta xizmatlari bozorini tartibga 
solish. Sug‘urta xizmatlarining zamonaviy turlarini joriy etish. 
 
14-mavzu. Korxona va aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar menejmenti 
strategiyasi
Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati. Pullik va bepul xizmatlarni tashkil 
qilish. Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar tasnifi. Aholiga ko‘rsatiladigan 
xizmatlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari. 
 
 
Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni 
“Strategik menejment” fani bo’yicha talabaning mustaqil ishi shu fanni 
o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la 
ta’minlangan. 
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida pedagog-xodimlarning ma’ruzasini 
tinglaydilar, amaliy mashg’ulotlarda o’z fikrlarini bildiradilar. Bundan tashqari ayrim 
mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar 
tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha professor o’qituvchi tomonidan berilgan mustaqil 
ish va testlarni yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. 


370 
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi 
bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini 
aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar 
olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan 
foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan 
bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini 
rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi 
mumkin emas. 
“Strategik menejment” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha 
mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzu ko’rinishida shakllantirilgan. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin