Strategik menejment


  Kiskartirish va tugatish strategiyasi



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   309
Strategik menejment

 
4. 
Kiskartirish va tugatish strategiyasi.
 
5. 
Kayta tarmoklashtirish, kayta tiklash va tejamkorlik strategiyasi.
 
Birinchi uchta strategiya diversiyalash usullarini uzida jamlaydi, turtinchi va 
beshinchisi esa diversiyalanib bulingan kompaniya pozitsiyalarini mustaxkamlash 
strategiyasidir. 
Diversiyalashning ikkita asosiy turi - bog’liq va bog’liq bulmagan turlari 
mavjud. Bog’liq diversiyalash kompaniya faoliyatidagi biznesning mavjud soxalari 
(masalan, ishlab chiqarish, marketing, moddiy ta’minot yoki texnologiya) bilan 
bog’liq bulgan yangi sohadir. 
Bog’liq bulmagan diversiyalash - faoliyatning, biznesning mavjud soxalari bilan 
ochiqdan-ochiq aloqasi bulmagan yangi soxasidir. 
Diversiyalash quyidagi yullar bilan amalga oshirilishi mumkin: 
- ichki kapitallar bozori orqali; 
- qayta tarkiblashtirish orqali
- funktsiyalar yoki resurslarni taqsimlash orqali. 
Ichki kapitallar bozori yordamidagi diversiyalash fond bozori qaysi 
funktsiyalarni bajarsa, ayni shu funktsiyalarni bajaradi. Ichki kapitallar bozorida 
korporatsiya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 
- korporatsiya xujalikning o’rta bugini tarkibidagi strategik rejalashtirish 
funktsiyalarini bajarish; 
- moliyaviy maqsadlarni belgilab olish va xujalikning urta bugini faoliyatini 
kuzatib borish; 
- korporativ kapitallarni raqobatlashuvchi urta korxonalar urtasida joylashtirish. 
Bunday sharoitlarda o’rta korxonalar asosiy idoraning faqat moliyaviy nazorati 
ostida bo’lgan mustaqil daromad markazlari vazifasini bajaradi. 
Qayta tarkiblashtirish strategiyasi ichki kapitallar bozori strategiyasi turlaridan 
biridir. Ular urtasidagi farq korporatsiyaning o’rta korxonalar faoliyatiga aralashuv 
darajasidadir. Qayta tarkibla-nadigan korxonalar odatda tashkil qilish va rivojlantirish 


91 
jarayonida yomon boshqarilgan buladi. Maqsad ularga uz faoliyatini faollashtirishda 
yordam berish, o’rta korxonalar darajasida yangi strategiyalarni rivojlan-tirish va 
kompaniyaga yangi moliyaviy va texnologik resurslarni kiritishdan iboratdir. 
Resurslarni qayta taqsimlash yuli bilan amalga oshiriladigan diver-siyalashni 
mavjud va yangi urta korxonalarning bir yoki bir necha muhim funktsiyalari uxshash 
bulgan hollarda amalga oshirish mumkin. Resurslarni qayta taqsimlashdan maqsad 
kompaniya faoliyatidagi umumiy ishlab chiqarish, taqsimot kanallari, ilgari surish 
vositalari, ITTKI va shu kabilardan foydalanishda sinergizmni amalga oshirishdir. 
Shunday qilib, har bir urta korxonalarga ushbu masala mustaqil hal qilingandan kura 
kamroq xarajatlar talab qilinadi. 
Kompaniya faoliyatini diversiyalashda bunday kompaniyani boshqarish 
qiymatini ham hisobga olish talab qilinadi. Ushbu xarajatlar urta korxonalar soni va 
ular urtasidagi koordinatsiya zarurati bilan aniqla-nadi. Masalan, ma’lum bir 
sinergizm mavjud bo’lgan 12 ta o’rta korxonadan iborat kompaniyadagi boshqarish 
xarajatlari sinergizm bulmagan 10 ta urta korxonadan iborat kompaniyadagiga 
qaraganda kuproq buladi (10-rasmga qarang). Koordinatsiyaga ehtiyoji kuchli bulgan 
kompaniya uz mavqeini urta korxona sinergizmi orqali kuchaytirishga intilmoqda
deb faraz qilaylik. Koordinatsiyaga bulgan ehtiyoji unchalik kuchli bulmagan 
kompaniya esa ichki kapital bozori yoki qayta strukturalash strategiyasiga rioya 
qiladi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin