293
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR
4-mavzu
KEYS STADI
1-masala
Ko’chmas mulk savdosi bilan shug’ullanadigan
kompaniya xar biriga bir
qancha mikdorda pul to’lab ikkita kvartiraga ega bo’ldi. So’ng bu kvartiralar sotildi.
Bir kvartiradan kompaniya 14 % daromad oldi, ikkinchisidan 11 % yo’qotdi. Ikkala
kvartiraning sotuvidan so’ng kompaniya 515 ming sh.p.b. ga ega bo’ldi.
Savol: Har bir kvartiraning sotib olish va sotish bahosi qancha?
2- masala
Korxona menejeri o’zining ish vaqtini yarmisini kabinetida o’tkazdi. So’ngra
korxonani ko’zdan kechirish uchun ketgan vaqtning yarmisi qolguncha korxonani
ko’zdan kechirdi.
Savol: Menejer o’z ish vaqtining qancha qismini korxonani ko’zdan kechirish
uchun sarfladi?
3 – masala
Giperinflyatsiya inflyatsiyadan nima bilan farq qiladi?
4-masala.
Besh yil oldin A kompaniyasi B kompaniyasiga qaraganda 6 marta ko’p
foyda olardi. O’shandan buyon har ikkala kompaniyaning foydasi bir xil 100 ming
sh.p.b. da o’sib bordi. Bu yil esa shu ma’lum bo’ldiki A kompaniyaning
daromadi B
kompaniyaning daromadiga nisbatan atigi 2 barobar ko’p ekan.
Savol: A va B kompaniyalarning 5 yil oldingi va bu yilgi daromadlarini
aniqlang.
5-masala.
Qarzni indin o’tgan kuni bo’lganda, shuningdek
yaqin dushanbagacha ancha
bor, o’sha kuni bugun bo’lganda, indin ertaga bo’lgan kunda qaytarishga va’da
beraman.
Savol: Va’da qaysi kuni berilgan? Qarz qaysi kun kaytariladi.
6-masala.
Opa-singil Anna, Bella va Veralar birgalikda anik bir aktsionerlik kapitaliga
egalik qilar edilar. Annaning turmush o’rtog’i vafot etdi
va ishga Annaning jiyani
qo’shildi, Bellaning xam eri vafot etgach, ishni o’g’li bilan birgalikda olib bordi.
Vera esa turmushga chiqib, erini ham ishga jalb etdi. Aktsionerlar daromadni barcha
294
ishtirokchilar o’rtasida teng taqsimlashga kelishdilir. Birinchi yilning
oxiriga kelib
foyda miqdori 44 mln. sh.p.b. ni tashkil etdi. Soliq inspektsiyasiga ma’lum bo’ldiki,
har bir aktsionerning ulushi bir butun millionni tashkil etar ekan.
Savol: har bir aktsioner qanchadan foydaga ega bo’lgan?
Dostları ilə paylaş: