Strategik menejment


chizma. M. Porterning «beshta kuch» modeli



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/309
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162872
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   309
Strategik menejment

3.2.chizma. M. Porterning «beshta kuch» modeli 
Tarmoqdagi raqobatning tuzilmasi tarmokdagi konsolidatsiya dara-jasiga
(uning fragmentlanganligi, oligopoliya yoki monopoliya sharoit-lari mavjudligi)
bog’liq. Fragmentlangan tarmokda potentsia xatarlar qulay imkoniyatlarga 
qaraganda ko’proq bo’ladi, chunki bunday tarmokdarga kirib kelish nisbatan engil. 
Konsolidatsiyalangan tarmoo’larda odatda katta va musta kompa-niyalar
faoliyat ko’rsatadilar. Binobarin, bir kompaniyaning raqobatchi-lik faoliyati
boshqa raqobatchilarning bozordagi ulushiga bevosita ta’-sir qiladi, natijada ular 
Potentsial raqobatchilarning kirish 
xavfi 
Etkazib beruvchilarning 
«savdolashish» imkoniyati 
кириш хавфи 
Xaridorlarning 
«savdolashish» 
имконияти 
O’rinbosar mahsulotlar xavfi 
Amaldagi firmalar (sotuvchilar) 
o’rtasidagi raqobat 


40 
tezda bunga javoban harakat qiladi va raqobat kuchayadi. Bunday kompaniyalarning 
«narx urushi» olib borish imkoniyati raqobatning asosiy xatarli kuchidir. Bunday 
hollarda kompaniyalar sifat ustunliklari bo’yicha raqobatlashishga intiladilar ya’ni 
«rakrbatchilik urushi» savdo markasiga sodio’lik va «narx urushi» exdgsholini
kamay-tirish mavqelaridan olib boriladi. Bundam taktikaning muvaf-
faqiyati tarmokda mahsulotni tabaqalash imkoniyatlariga bog’liq. 
Tarmokda talabning o’sib borishi raqobatning susayishiga va ayni paytda 
ekspansiya uchun katta imkoniyatlar vujudga kelishiga olib keladi Talab bozor bilan 
birga o’sib boradi. Kompaniyalar investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish 
imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ularga bo’lgan e’tiborni kuchaytiradi. Aksincha, 
o’sishning sekinlashuvi raqobatni kuchaytirib yubo-radi, natijada, kompaniyalar 
sotish bozorlarini faqat boshqa kompa-niyalardan tortib olish hisobigagina qo’lga 
kiritishlari mumkin bo’lib qoladi. Shunday qilib, talabning kamayishi raqobatning 
kuchayishiga olib keladigan asosiy xavfdir. 
Tarmokda talab kamaygan paytda chiqish to’siqlari jiddiy xavfga ayla-nadi. Chiqish 
to’siqlari iqtisodiy va hissiy omillar bo’lib, ular kompa-niyaning daromadi juda oz 
bo’lgan hollarda ham qo’llab-quvvatlab turadi. Natijada ortiqcha ishlab chiqarish 
quvvatlari paydo bo’ladi, bu esa narx raqobatining jonlanishiga olib keladi, chunki 
kompaniyalar bekor turgan iuvvatlardan foydalanishga urinib, narxni pasaytirib 
yubordilar. 
Odatda chiqish to’siqlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- asbob-uskunalarga ajratilgan investitsiyalarni boshqa muqobil ishlarga 
ishlatib bo’lmaydi va agar kompaniya bu sohani tark etsa, uskunalarni tashlab 
yuborishga to’g’ri keladi; 
- chiqish qiymatining ishdan bo’shatiladigan ishchilarga to’lanadigan 
mablag’lar hisobiga qat’iy belgilab qo’yilganligi; 
- xo’jalikning o’rta bo’g’inlari o’rtasidagi strategik o’zaro 
munosabatlar, masalan, senergizm yoki ular o’rtasidagi integratsiya; 
-tarmoqqa iqtisodiy bog’lio’lik; masalan, agar kompaniya 
diversiyalanmagan bo’lsa, u tarmokda qolishga majbur bo’ladi. 
Tarmoqdagi firmaga ta’sir qilayotgan raqobat kuchlari tarmoqning tsikli 
mobaynida o’zgarib, rivojlanib boradi. Tarmoqning jadal suratlar bilan
o’sishi raqobat kuchlarini zaiflashtirib qo’yadi. Bu bosqichda ekspansiya va
bozor sohalarini egallab olish uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. 
O’sish sekinlashgan paytda raqobat-ning va ayniqsa napx raqobatining xavfi 
kuchayib ketadi. Etuklik bosqichida raqobat xavfi kamayadi, narx
raqobatini narx peshqa-damlarining kelishuvi hisobiga cheklash imkoniyati 
vujudga keladi. Shuning uchun bu bosqichda daromadlar nisbatan yuqori 
bo’ladi. Bu bos-qichda narxga bog’liq bo’lmagan raqobat katta rol o’ynashi 


41 
mumkin bo’lib, u mahsulotlarni tabaqalash
ustunliklaridan foydalanadigan
kompaniyalar uchun juda muhimdir. Tanazzul bosqichida vaziyat o’zgaradi
Chiqish to’sio’lari yuqori bo’lsa, raqobat juda kuchayadi, daromad kamayadi
va narx urushi xavfi vujudga keladi. 
Porterning «uchinchi kuchi» xaridorlarning «savdolashish» 
imkoniyatidir. U eng yaxshi sifat yoki xizmat ko’rsatishga bo’lgan talab tufayli 
narxlarga tazyiq ko’rsatish xavfini vujudga keltiradi. Zaif xaridorlar esa, aksincha, 
narxlarning o’sishiga va daromadning ortishiga yo’l qo’yadilar. Xaridorlar quyidagi 
hollarda ayniqsa kuchli bo’ladi: 
- etkazib beruvchi soha bir necha kichik kompaniyalardan tarkib topgan bo’lib, 
xaridorlar kam bo’lganda; 
- xaridorlar tovarlarni katta mikdorda sotib olganda; 
-tarmoq o’z faoliyat turidan kelib chiqqan holda xaridorlarga kuchli darajada 
bog’liq bo’lganda; 
- xaridorlar bir necha etkazib beruvchi tarmoo’lar ichidan eng past iklif qilayotgan 
bittasini tanlash imkoniyatiga ega bo’lganda (bu trmokda narx raqobatini kuchaypiradi); 
- xaridorlar uchun turli kompaniyalardan tovar soting olishni pdtsy jihatdan yaxlit 
bitta xarid deb qarash mumkin bo’lganda va hokazo. 
To’rtinchi raqobat kuchi - etkazib beruvchilarning tazyiq ko’rsatishidir. Bu tazyiq 
natijasida etkazib beruvchilar narxlarni kutarish bilan taxdid solib, kompaniyalarni 
etkazib berilayotgan lot mikdorini kamaytirishga majbur qiladi va daromadni 
pasaytiradi. Bunga muqobil ravishda - zaif etkazib beruvchilar o’z mahsulotlariga 
bulgan narxni pasaytirishga va yuqoriroq sifatni talab qilishga imkon beradilar.
Quyidagi hollarda etkazib beruvchilar tomonidan ko’rsatiladigan tazyiq ayniqsa, 
kuchli bo’ladi: 
- etkazib berilayotgan mahsulotning o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bulib, u 
kompaniyaning ishonchli mahsuloti bo’lganda; 
- tarmoqdagi kompaniyalar ta’minotchi firmalar uchun 
bo’lmaganda; 
- etkazib 
berilayotgan 
mahsulotlarning 
sifati 
yuqoriligi 
tus 
kompaniyalarning 
boshqa 
mahsulotga 
o’tishi 
qimmatga 
tushganda; 
-etkazib beruvchilar ilgari tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan 
foydalanganda; 
-sotib oluvchi kompaniyalar orqaga tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan 
foydalana olmaganda. 
Beshinchi raqobatchi kuch - tovarning o’rnini bosuvchi
mahsulotlarning paydo bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini to’liq oladigan
mahsulotlarning mavjudligi jiddiy xavf tug’diradi va kompaniya narxlarini hamda 
daromadlarini cheklab qo’yadi. Ammo, kompaniya mahsulotlarining o’rnini bosa 


42 
oladigan tovarlar kam bo’lsa kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad
olishi mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu dalildan foydalana olishi lozim. 
Tarmokdagi raqobat darajasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 
Shafqatsiz raqobat. 
Jadal raqobat. 
Me’yordagi raqobat. 
Jalb qiluvchi zaif raqobat. 
Bozorga yangi kirib kelgan firma yangi ishlab chiqarish quvva-tiga, 
ayrim hollarda kattagina resurslarga ham ega bo’lish mumkin. Bunday firmalar
bozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi. Bozorda yangi
raqobatchining paydo bo’lishi quyida omil-larga bog’liq: 
bozorga kirish borasidagi to’sio’lar; 
bozorda ishlayotgan kompaniyalarning reaktsiyasi; 
ishlab chiqarish miqiyosining tejamkorligi {bunday ustunli bozorda
ishlayotgan katta hajmga ega bo’lgan kompaniyalarda bo’ladi. Yangi firma esa 
bozorga birdaniga katta hajm bilan chiqolmaydi); 
texnologiya va nou-xau ga erishish imkoniyatining yo’o’ligi; 
«o’qitish tajriba» egri chizig’ining samarasi; 
xaridorlarning ma’lum tovar markalariga moyilligi; 
- korxona hajmiga bog’liq bo’lmagan xarajatlarning teng emasliga; 
- sotish kanallariga kira olish; 
-nazorat qiluvchi organlarning harakatlari (litsenziya| ruxsatnomalar); 
- tariflar va tarifdan tashqari cheklashlar (dempingga qarshi| qonunchilik, 
mahalliy firmalarning majburiy ishtiroki). 
3.2.2. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar. 
Bozordagi vaziyat tez-tez o’zgarib turadi, chunki bozorda" 
ishlayotgan kompaniyalar bozorga kirib kelayotgan yangi firmalarni o’z 
siyosatini o’zgartirishga majbur qiladi. Bozorda eng ko’p ta’sir qiladigan kuchlar 
«raqobatni harakatlantiruvchi kuchlar», deb ataladi. Bu kuchlarni taxlil qilish ikki 
bosqichdan iborat: 
1.Harakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash. 
2.Ushbu kuchlar ta’sirini aniqlash. 
Bozorda eng ko’p uchraydigan harakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardan iborat: 
- iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli tendentsiyalaridagi o’zgarish; 
- iste’molchilar tarkibi va tovarlardan foydalanish 
usullarining o’zgarishi; 
- yangi mahsulotlarni joriy qilish; 
-texnologik o’zgarishlar; 
- marketing tizimidagi o’zgarishlar; 


43 
-yirik firmalarning bozorga kirishi yoki chiqishi; 
-nou-xau ning tarqalish darajasi; 
- tarmoo’lar keng qamrovliligining o’sishi; 
- unumdorlik va xarajatlar tarkibining o’zgarishi; 
-xaridorlar moyilligining tabaqalangan tovarlardan standart tovarlarga o’tishi; 
-davlat qonunchiliga va siyosatidagi o’zgarishlarning ta’siri; 
- ijobiy qadriyatlar, moyilliklar va turmush tarzining o’zgarishi; 
-noanio’lik va tavakkalchilik omillari ta’sirining kamayishi. 
3.2.3. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari 
Tarmoqdagi 
raqobat 
tarkibini 
o’rganishdagi 
keyingi 
qadam 
bu 
Gshglashayotgan kompaniyalarning, bozordagi o’rnini anio’lashdir. milyagi 
firmalar raqobat mavqeini taqqoslashning asosiy i strategik guruhlar haritasini 
tuzishdir. 
Strategik guruhlar xaritasi – tarmokda raqobatlashayotgan fir-malarning 
raqobat mavqelarini aks ettiruvchi asbobdir. Bu tahliliy usul tarmoqning 
umumiy taxlili va har bir firmaning bozordagi mavqeini bir - biriga bog’laydi. 
Buning uchun tarmokda ishlayotgan barcha kompaniya va firmalar strategik 
guruxlarga bo’linadi. Strategik guruxlarga raqobat uslubi va bozordagi mavqei bir
xil bo’lgan firmalar kiritiladi. Bozordagi asosiy rakobatchilar necha bo’lsa, 
strategik guruhlar soni ham shuncha bo’ladi, ammo buning uchun
raqobatchilarning har biri o’zining rakobat usuliga va bozorda o’z mavqeiga
ega bo’lishi lozim. 
Strategik guruhlar xaritasini tuzish tartibi quyidagicha: 
1.Tarmokdagi firmalarning bir-biridan farqlantiruvchi belgilari anio’lanadi. 
2. Xaritaning qo’lari bo’ylab turli tavsiflashlarning juftligi tushiriladi. 
3. Firmalar xaritaga ikki o’zgaruvchan ko’rsatkichlarga asosan 
joylashggiriladi. 
4. Bitta strategik zonaga kirgan firmalar strategik guruhga 
birlashtiriladi. 
5. Har bir strategak guruh atrofida aylana chiziladi. Aylananing diametri har 
bir strategik guruhning bozordagi o’rni proportsional bo’ladi. Ana shu 
ko’rsatkichlardan foydalm strategik guruxdarning ikki o’lchamli xaritasini tuzish 
mumkin. 
Bir tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan firmalarning nisbiy raqobat mavqelarini 
o’rganish uchun strategik guruhlash jarayonlari, foydalaniladi. 
Bir strategik guruxdagi kompaniyalar mahsulotlar ko’lamin kengligi, tovar 
harakati kanallaridan foydalanish usullari, qxd texnologik yondatuvlar, vertikal 
integratsiyalanish darajasi, servis texnologik xizmat ko’rsatish (xarakteri) tabiati 


44 
kabi turli belgi bo’yicha birlashishlari mumkin. Tarmokda bozorga nisbatan strate 
yondashuvlari bir xil bo’lgan bitta strategik guruh mavjud bo’lishi mumkin. 
Strategik guruhlar xaritasini tuzish va firmalarni u yoki guruh tarkibiga kiritish 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
1. Tarmokdagi firmalarni bir-biridan farqlovchi raqobat tavsiflar 
anio’lanadi ( narx, sifat, faoliyat geografiney, integra darajasi, mahsulot 
nomenklaturasi va hokazo). 
2.Firmalarning holati ikki chiziqli chizmaga joylashtiri 
(tanlab olingan xususiyatlari bo’yicha). 
Bir strategik sohaga to’g’ri keladigan firmalar anio’lanadi. 
Har 
bir 
guruhning 
tarmoqdagi 
umumiy 
savdo 
hajmidagi 
ulutsh 
anio’lanadi. 
Shunday qilib, tarmoqni strategik guruhlashning yuqorida ayti| o’tilgan ikki 
o’lchovli xaritasi tuziladi 
Agar jiddiy tafovutlar soni ikkitadan ortiq bo’lmasa, bir necha xarita tuzish
maqsadga muvofiqdir. Gurli strategik guruhlar bir-biriga qanchalik yaqin 
joylashgan bo’lsa ular o’rtasidagi raqobat shunchalik kuchli bo’ladi. Eng 
yaqin raqobatchilarning fe’l-atvorini o’rganish juda muhim. 
Rakobatchilarning strategiyasini, ularning kelgusida qanday yo’l 
tutishni bilmay turib, ular bilan muvaffaqiyatli raqobatlashish pi emas. 
Raqobatchilar nima qilayotganligi va nima qilmoqchi bulganligini bilish
kompaniyaning strategik faoliyati uchun nihoyatda zarur, aks holda u har doim 
mudofaa istehkomida bo’lishga majbur buladi. Raqobatchilarningstrategiyalari
4-jadval yordamida aniklanadi.Odatda, raqobatchilarning maqsadi va strategiyalari 
xakidagi ma’lumotlarni ushbu jadval yordamida umumlashtirish muayyan 
rakobatchilik xatarlari va mavqelarini baholash uchun etarlidir. Firmalarning 
raqobatchilikdagi kelgusi mavqelarini baholash uchun ularning bozordagi o’z
ahvolini yaxshilash imkoniyatlariga e’tiborni karatish lozim. Agressiv
raqobatchilar yangi strategik tashabbuslar manbaidir. Uz maqsadiga
erishgan raqobatchilar o’zlarining hozirgi strategiyasini amalga oshirishda 
davom etadilar. Bezovta va moliyaviy jixatdan og’ir ahvolda qolgan
raqiblar xujumchi yoki mudofaachi sifatida yangi-yangi strategik xatti-
harakatlarni qo’llashlari mumkin. Shu bois o’zingizni ushbu kompaniya
menejerlarining o’rniga qo’yib kurishingiz va ularning qanday yo’l tutishi
mumkinligini mulohaza kilib ko’rishingiz mumkin. 

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   309




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin