395
6-mavzu. Marketing strategiyasini mavjud vaziyatga moslashtirish. Strategiya tuzishga yondashuvlar quyidagicha bo’ladi : Bosh strategii yondashuv Bunda strategiyani bog’liqlikning o’zi ishlab chiqadi. Bunday holda boshqaruvchi ahvolni baholashga, muqobil strategiyalarga va strategiya qismlariga kuchli ta’sir qiluvchi asosiy strategik va asosiy tadbirkor sifatida ish yuritadi Vakolatlarni berish ёндашуви bunda strategiyani tuzish xodimlarga yoki komissiyaga topshiriladi. Bunday holda mas’ul boshqaruvchi strategiyani ishlab chiqishni boshqalarga, asosan, strategik rejalashtirish bo’yicha personalga yoki ishonch bildirilgan xodimlardam tuzilgan maxsus komissiyaga toshpiradi Qo’shma (kollaboratsion) yondashuv
396
avvalgi ikki yondashuv o’rtasidagi oraliq variant. Bunday usulning eng kuchli tomoni shundaki strategiyani ishlab chikish kimlarga topshirilgan bo’lsa, uni o’shalarni o’zlari bajarishlari kerak bo’ladi Tashabbusli yondashuv. Bunday yondashuvda boshqaruvchi kelishilgan strategiyani ishlab chiqish uchun strategiya detallarini ishlab chiqishdan ham, «g’oyalar generatorlari» guruhini boshqarishdan ham manfaatdor emas. Bil’aks, boshqaruvchi oqilona strategiyani ishlab chiqish, himoya qilish va hayotga tadbiq etish uchun menejerlarni o’zlari safarbar etadi. Strategiya avvalo ma’naviy jihatdan sog’lom bo’lishi kerak. Kompaniyaning har bir harakati axloq-odob, ma’naviyat doirasida bo’lishi talab etiladi. Kompaniya mulkdorlar, xizmatchilar, xaridorlar, etkazib beruvchilar va jamiyat oldida mas’uliyatlidir. Kompaniyaning etkazib beruvchilar oldidagi burchi bozor muno-sabatlariga quriladi. Kompaniya bilan etkazib beruvchi ham sherik, ham o’zaro raqibdir. Shuning uchun ular o’rtasidagi munosabatlar aniq belgilab olinishi lozim. Agar strategiya kompaniyaning ahvolig’a mos bo’lmasa, raqobat ustunligi yaratilmasa, ishni yaxshilashga yaramasa, bunday strategiya g’olibona strategiya deyilmaydi. G’olibona strategiyaning uch belgisi bo’ladi: ish jadalligini oshirish mezoni.
397
Yangi tarmoq – bu «oyoqqa turish»ning ilk bosqichida bo‘lgan tarmoq.
YAngi tarmoqlar strategiyasini ishlab chiquvchilar oldiga alohida muammolar qo‘yadi.