Yangi tarmoqda muvaffaqiyatga erishish uchun bir qancha tavsiyalarga amal qilish zarur bo‘ladi: 1. Tavakkalchilik qlib va yaratuvchilikning dadil strategiyasidan foydalanib ilg‘orlik uchun
kurashishga birinchi bosqichda g‘alabaga erishishga xarakat qiling.
2. Texnologik jarayonni takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash tashabbuslarini faol qo‘llab-
quvvatlang.
3. «Qaldirg‘ochlik»ning xar qanday ustunliklaridan foydalanishga xarakat qiling.
4. YAngi iste’mol segmentlarini, tovarni iste’molchilarga etkazib berishning yangi vositalarini
qidiring, faoliyatning geografik chegaralarini kengaytiring.
5. Reklamada asosiy urg‘uni xaridorlarni tovar bilan tanishtirishdan asta-sekin ularda firma va tovar
markasi haqida yaxshi fikr paydo qilishga ko‘chiring.
6. Texnologik o‘zgarishlarga tez reaksiya ko‘rsating.
7. Bozorga xaridorlar guruxini jalb etish uchun narxlarni pasaytirshdan foydalaning.
8. Bozorlarga moliyaviy jixatdan baquvvat autsayderlar kirishini kuting.
Bu tarmoqqa investitsiyalar qo‘yishdagi xavf kamayganda mumkin bo‘ladi. 9. Kuchli raqobatchilar paydo bo‘lishiga tayyorlaning
Etuklik bosqichi rivojlanib borgan sari firmalar o‘zlarining strategik xarakatlarini raqobatchilar orasida pozitsiyalarini mustaxkamlashga yo‘naltiradilar. Bunda ular quydagi vositalardan foydalanadilar: - Parametrlik qatorlarini qisqartirish.
- Ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilishga e’tiborni qaratish.
- Xarajatlarni kamaytirishga e’tiborni kuchaytirish.
- Mavjud xaridorlarga sotuvni oshirish.
- Raqobatchi firmalarni past baholarda sotib olish.
- Xalqaro bozorga chiqish.
398
7-mavzu. Diversifikatsiyalashning korporativ strategiyasi. Marginal qo’shimcha
boshqaruv xarajatlari
d
1
d
2
d
3
Divertsiyalash
xarajatlari