404
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI
Avvalo, shuni ta’kidlash zarurki, bundan o‘n besh yil oldin qabul
qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim
sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning
bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan
iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan “o‘zbek modeli” — o‘z
taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy qismidir.
Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahondagi
taraqqiy topgan ilg‘or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning
natijasi sifatida o‘tmishda majburan singdirilgan kommunistik
mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish,
odamlarning, birinchi navbatda, unib-o‘sib kelayotgan avlodning
ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib,
qisqacha aytganda, bu dastur hayotda o‘z fikriga, o‘zining qarashlari
va qat’iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, har tomonlama etuk va
mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo‘yadi.
Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI
Я
Dostları ilə paylaş: