61
strategiyasi, «kun» da kuchli tomonlarni tashqi muhitdangi
imkoniyatlardan foyda
olish uchun ishlatish strategiyasi.
Tashqi va ichki muhit tahlili natijalarini hisobga olgan holda tashkilot maqsadi
aniqlanadi.
Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari .
Kuch
- bu shunday xususiyatki, kompaniyaga qo’shimcha imkoniyatlar beradi.
Bu kuch maxoratda,
sezilarli tajribada, qimmatli tashkiliy resurslarda yoki aniq
imkoniyatlarda, firmaga bozorda ustunlik yaratib beruvchi yutuqlarda bo’lishi
mumkin.
Kuch shuningdek, bozorda raqobatchilikni kuchaytirish tajribasiga ega
bo’lgan boshqa bir kompaniya bilan qo’shilishi yoki sherikchilik qilish yo’li
bilan
xam yaratilishi mumkin.
Zaiflik - bu kompaniya faoliyati uchun zarur bulgan nimaningdir etishmasligi,
kompaniya qila olmaydigan qandaydir ish yoki kompaniyani noqulay vaziyatga solib
qo’yadigan sharoit. Kompaniyaning kuchli va zaif jixatlari aniqlangach,
xar ikkala
ro’yxat o’rganilishi va baxolanishi lozim. Buning uchun SWOT tizimi qo’llaniladi
(taxlil, xarajatlar taxlili, imkoniyatlar va boshqalar taxlili) .
Bunda kuch va zaiflik
balansi tuziladi. Kompaniyaning eng muxim yutugi - bu raqiblariga nisbatan
kompaniya yaxshi bajara oladigan ishdir.
Dostları ilə paylaş: