54
2)foyda xajmi oshadimi, kamayadimi va u raqobatchilarning shunday
ko’rsatkichlariga
nisbatan qanday;
3)sarmoyalar sof foydasining o’zgarish tendentsiyasi;
4)kompaniyaning sotuvlari umumiy bozordagiga nisbatan tez o’syaptimi yoki
sekin o’syaptimi;
5)kreditlar xajmi;
6)firmaning xaridorlar nazaridagi obro’si, uning imidji;
7)kompaniyaning texnologiya, innovatsiya, sifat
va xaridorlarga xizmat
ko’rsatishda etakchiligi va xokazo.
Qullanilayotgan strategiyani baxolash.
Qullanilayotgan strategiyani baxolash uchun
kompaniya qanday strategiyaga
amal qilayotganligni tushunib olish lozim - bu:
- arzon narx vositasi bilan peshqadamlik qilish;
- raqobatchilardan farq qilib turish;
- iste’molchilarning tor guruxlariga yoki marketing bushliqlariga ixtisoslashish.
Tarmoqdagi
raqobatli
vaziyatning
yana
bir
xarakteristikasi
vertikal
integratsiyalanish darajasi va bozorning geografik kulamidir.
Bu erda ishlab
chiqarish, marketing, moliya, ishchi kuchidan foydalanish soxalaridagi yordamchi
strategiyalarni taxlil qilish lozim.
Bunga qo’shimcha ravishda kompaniya strategiyasining
ayrim raqobatli
ustunliklarni ta’minlash maqsadida raqobatli pozitsiyani yaxshilashga imkon
beradigan sunggi amaliyotini taxlil qilib chiqish kerak.
Strategik faoliyatning eng aniq kursatkichlari quyidagilardan iborat:
- firma nazorat ostiga olgan bozor ulushining kattalashishi yoki kichrayishi;
- firma oladigan daromad xajmining usishi yoki usmayotganligi xhamda bu
daromadning raqobatchilarga nisbatan qay darajada
ekanligi;
- firmada sof foyda tendentsiyalari xamda investitsiyalarning qaytish tezligi
qanday;
- firmada savdo xajmining bozordagi umumiy usishga nisbatan tez yoki sekin
usayotganligi va xokazo.
Tabiiyki, eng yaxshi strategiya xech qanday
radikal uzgarishlarni talab
qilmaydigan strategiyadir.
Dostları ilə paylaş: