52
Qiymat buyicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki
soxalarida bulsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- byudjetning ichki moddalarini taftish qilish;
- ishchilarning va qimmatbaxo asbob-uskunalarning
mexnat unumdorligini
kutarishga urinish;
- ba’zi texnologik jarayonlarni firmaning uzida emas, balki chetda bajarish
foydaliroq bulish-bulmasligini urganib chiqish;
- resurslarni tejovchi texnologik yangiliklarni investitsiyalash;
- qiymatning xavf tug’dirayotgan tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish va asbob-
uskunalarga yangi investitsiyalar ob’ekti sifatida kurib chiqish;
- maxsulotning qiymatini kamaytirish maqsadida
uni yangilash va xokazo;
Firmaning raqobat pozitsiyasi kuchini baxolash.
Qiymat, raqobat pozitsiyasini baxolashga qo’shimcha ravishda kompaniyaning
raqobat pozitsiyasi va raqobatchilik kuchini umumiy taxlil qilish xam talab qilinadi.
U quyidagi savollarga javob berishi kerak:
- firmaning bugungi raqobat pozitsiyasi qanchalik kuchli?
- bugungi strategiyadan foydalanilganda raqobat pozitsiyasining qanday
uzgarishini kutish mumkin?
- firmaning qanday raqobat ustunliklari bor?
Firmaning raqobat prozitsiyalarini baxolash uchun muvaffaqiyatning asosiy
omillari buyicha balli baxolar shkalasidan foydalaniladi.
Bunda firma va uning
raqiblari buyicha ana shunday omillar solishtirib kuriladi (4.3-jadval).
Umumiy qoida: kompaniya uzining raqobatdagi kuchli jixatlarini kupaytirib
borishi va uzining raqobatchilikdagi zaif jixatlarini ximoya qilishi kerak. U uz
strategiyasida uzining kuchli jixatlariga tayanishi va zaif jixatlarini mustahkamlashga
oid chora-tadbirlarni kurishi lozim.
Ayni paytda raqiblarning kuchli jixatlari reytingi xujumning qaysi tomondan
bulishini va aksincha, raqiblarning zaif tomoni qaerda ekanligini kursatadi.
Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bulgan
jixatlarda raqiblar zaif bulsa,
ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini kurish lozim.
Dostları ilə paylaş: