Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarishning o’sishi yuqori tehnik darajada jihozlanganligi,toza va konsentrlangan kislotaga bo’lgan talabning borligi,jarayonni avtomatlashtirish mumkinligi,shuningdek,yo’l qo’yiladigan darajagacha atmosferaga chiqib ketadigan gazlarda oltingugurt oksidlari konsentratsiyasi miqdorining kamligi bilan aniqlanadi.
Kontakt usulda sulfat kislotasini ishlab chiqarish korxonalari avtomatlashtirilgan tehnologik jarayonni boshqarish tizimlari bilan qurollangan.Sulfat kislotasini kontaktli usulida olish jahonda ikki yo’l bilan amalga oshirilmoqda:
-bir marta kontaktlanadigan usulda SO2 va SO3 gacha oksidlash 97.5-98% yetadi va atmosferaga yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegaraviy miqdordan ortiq SO2 va SO3 chiqindi gazlar bilan chiqib ketadi,bu esa bunday tizimlarda tozalash bo’limini qurishga qo’shimcha harajatlar talab qiladi.

-ikki marta kontaktlanadigan usulda va ikki martali adsorbsiyada SO2 ni SO3 gacha oksidlash darajasi 99.7-99.8% ni tashkil qiladi,bu esa qo’yilishi mumkin bo’lgan SO2 va SO3 konsentratsiyaga chiqindilarning miqdori talabga mos keladi.Ikki marta kontaktlanadigan tizimda kontakt usulida sulfat kislotasini ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
1)Homashyoni tayyorlash
2)oltingugurt to’rt oksidini olish
; 3)gazni tozalash
4)SO2 ni oksidlash
5)SO3 adsorbsiyasi