3. FREYMLARNI TADBIQ ETISh MISOLI:
5- maruza. Fikrlashning to‘g‘ri zanjiri
Reja
1.Fikrlashning to‘g‘ri zanjiri mexanizmi(FTR)
2. FTR ni realizatsiya qilishniig fond birja misolida ko‘rish
3.Tizimning ishlashining umumiy algortmlari, Fikrlashning to‘g‘ri zanjirini realizatsiya qilish
Kalit so‘zlar: freym, slotlar, AKO-aloqalar, kvantor, namunalarni boshqarish, ishlab chiqiladigan qoida
Freymli modellar
Turli xildagi modellar imkoniyatlarini o‘ziga bog‘lovchi namoyishlarni ishlab chiqishga intilish, fremli namoyishlarni paydo bo‘lishiga olib keldi.
Freym (angl. Frame – karkas yoki rom) – bu ayrim standart holat yoki abstrakt ko‘rinishlarni namoyish etishga asoslangan bilimlar strukturasidir.
Har bir freym bilan quyidagi ma’lumotlar bog‘langan:
Freymdan qanday foydalanish haqida;
Freymni bajarishdan qanday natijalar kutish kerakligi
Kutganingiz oqlanmasa nima qilish kerak.
Freymlarning yuqori bosqichlari fiksirlangan bo‘ladi va o‘zi bilan xuddi shu freym bilan tasvirlanish mohiyatini yoki haqiqiy xolatlarni namoyon qiladi. Quyi bosqichlar freymni chaqirganda ma’lumotlar bilan to‘ldiriladigan slotlar bilan namoyish qilinadi. Slotlar – ayrim atributlarning to‘ldirilmagan mazmunlaridir.
Shuningdek, ko‘rinishni yoki holatni namoyish qilishga yo‘naltirilgan modellar ham freym deb ataladi.
Freym strukturasini quyidagi tasavvur qilish mumkin:
FREYM NOMI:
( 1-chi slot nomi: 1-chi slot mazmuni),
(2-chi slot nomi: 2-chi slot mazmuni),
…………………………………………
(N-chi slot nomi: N-chi slot mazmuni),
Odatda freym tizimlari kiritilgan freymni ma’lum bir holatga mos keltirib bo‘lmaydigan xollar foydalaniladigan axborot qidiruv tarmog‘i ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, ya’ni slotlarga ushbu slot bilan bog‘liq bo‘lgan shartlarni qoniqtira oladigan lar biriktirilmasa.
Bunday xollarda tarmoq boshqa freymni qidirish va taklif etish uchun xizmat qiladi.
Fremlar ma’lumotlar omborida saqlanadigan freym-namunalar yoki prototiplar va kelib tushayotgan ma’lumotlar asosida haqiqiy holatlarni ko‘rsatish uchun yaratiladigan freym-ko‘chirmalarga bo‘linadi.
Freym modeli yetarlicha universal hisoblanadi, chunki u dunyo haqidagi turli xildagi bilimlarning hammasini quyidagilar orqali ko‘rsatib berish imkonini beradi:
Ob’ektlar va tushunchalarni anglatib beruvchi freym-strukturalar (kiritma, garov, veksel);
freym-rollar (menedjer, kassir, mijoz);
freym-ssenariylar (inqiroz, yig‘ilish, aksionerlar)
freym-holatlar (avariya, qurilmaning ish rejimi) va boshqalar.
Freymlar nazariyasining muhim xossa semantik tarmoqlar nazariyasidan o‘zlashtirishi hisoblanadi. Va freymlarda hamda semantik tarmoqlarda ketma-ketlik AKO-aloqalarga (A-Kind-of=bu) bog‘liq amalga oshadi. AKO sloti freymga aniq tartiblashmagan ierarxiyaning yuqori bosqichini ko‘rsatadi, ya’ni analogli slotlarning mazmunlari o‘tkaziladi.
Inson Bola o‘quvchi
Сут эмизув-чилар
АКО
ўйлаш
билади
АКО
0-16 ёш
ёши
50-180 см
ширинлик
севади
инсон
АКО
бола
мактабда
ўқийди
7-17 ёш
ёш
бўйи
кияди
формани
Freymlar tarmoqlariq
Bu yerda “O‘quvchi” tushunchasi yuqori qismda joylashgan “bola” va “inson” freymlari ketma-ketligi xossa sifatida kelyapti. Unda “O‘quvchilar shirinlikni yaxshi ko‘radimi?” degan savolga “Ha” deb javob berish kerak (chunki, ushbu xossaga bolalar ega). Xossalarning ketma-ketligi hususiy bo‘lishi ham mumkin, shuning uchun o‘quvchilarning yoshi “bola” freymidan tartiblanmaydi, chunki o‘zining shaxsiy freymida yosh aniq ko‘rsatilgan.
Freymlarning asosiy yutug‘i u inson xotirasining konseptual asosini, qolaversa uning qanday nozik va ko‘rkamligini ko‘rsatib bera oladi.
Dostları ilə paylaş: |