Ushbu modellar asosida tarmoqlar, cho‘qqilar, yoylar tushunchalari yotadi. Tarmoqlar sodda va ierarxik bo‘ladi, cho‘qqilar esa mohiyat, ob’ektlar, hodisalar, jarayonlar yoki mavjudlik tushunchalaridir. Ushbu mohiyatlar orasidagi munosabatlar yoylar orqali tasvirlanadi. Tushuncha sifatida odatda abstrakt va konkret ob’ektlar turadi, munosabatlar esa bu, qismiga ega, tegishli, sevadi kabi aloqalardir.
Sodda tarmoqlar ichki strukturaga ega bo‘lmaydi, ierarxik tarmoqlarda esa ayrim cho‘qqilar ichki strukturaga ega bo‘ladi.
Semantik tarmoqlarning xarakterli xususiyati bo‘lib uch tur munosabatning mavjudligi hisoblanadi:
Sinfning sinf-elementi
Ierarxik semantik tarmoqlarda tarmoqlarni tarmoqosti(bo‘shliq)larga bo‘linishi nazarda tutiladi va munosabatlar faqat cho‘qqilar orasida emas, balki bo‘shliqlar orasida ham o‘rnatiladi.
Bo‘shliqlar daraxti P6bo‘shlig‘i uchun bo‘shliqning barcha cho‘qqilari P4, P2, P0, bo‘shliqlar ajdodlarida yotganlari ko‘rinadi,qolganlari ko‘rinmaydi.
«ko‘rinish» munosabati ko‘pgina «imkoniyatlar»ni tartiblashda bo‘shliqlarni guruxlash imkonini beradi.
Ierarxik tarmoqlarni grafik ko‘rinishini qoidalari yoki kelishuvlarini ko‘rib chiqamiz:
Bir bo‘shliqda yotgan cho‘qqilar va yoylar to‘g‘ri yoki ko‘pburchak bilan cheklanadi;
Yoy uning ismi joylashgan bo‘shliqqa tegishli bo‘ladi
Pj, bo‘shliq ichida joylashan Pi,bo‘shliq avlod hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasidan qarorni topish muammosi semantik tarmoqni qo‘yilgan tarmoqqa javob beruvchi, ayrim tarmoqostiga mos keluvchi tarmoq fragmentini izlash vazifasiga olib keladi.
Semantik tarmoq modelining asosiy yutug‘i - insonning uzoqmuddatli xotirasini tashkil etish haqidagi zamonaviy tushunchalardan kelib chiqadi. Modelning kamchiligi– semantik tarmoqqa chiqishning izlashni murakkabligi.
Takrorlash uchun savollar: Mantiqiy modellar asosida nima yotadi?
Evristik modellar asosida nima yotadi?
Evristik modellar qanday turlarga bo‘linadi?
Mantiqiy modellar bilan ishlashda qanday qoidalarga amal qilish kerak?