Сунъий интеллект


Ekspert tizimlari klassifikatsiyasi



Yüklə 413 Kb.
səhifə9/36
tarix02.03.2023
ölçüsü413 Kb.
#86212
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Сунъий интеллект

3. Ekspert tizimlari klassifikatsiyasi
Ekspert tizimlari sinfi hozirgi davrda xar xil kriteriyalar buyicha klassifikatsiya kilsa buladigan minglab dastur komplekslariga ega. (1-rasm)
Yechiladigan vazifasi buyicha klassifikatsiya.
Ma’lumotlarni aniqlash (interpretatsiya) - bu ekspert tizimlarida an’anaviy masalalardan biridir. Interpretatsiya deganda natijalari korrekt bo’lgan ma’lumotlar ma’nosini aniqlash tushuniladi.


Odatda ma’lumotlarning bir necha varianti kuriladi.


Ekspert tizimlarga misollar keltiramiz:
- okean kemalarining xar xil tiplarini aniqlashtiruvchi SIAP;
- psixodiagnostika testlariga asoslanib va ular natijasi asosida shaxsning asosiy xususiyatlarini aniqlash ABTAHTECT va x.k.
Diagnostika
Diagnostika deganda biror tizimda buzilish xolatini topish tushiniladi. Buzilish - bu normadan chetga chiqishdir. Nazariy jihatdan olganda ushbu traktovka orkali texnik tizimlardagi buzilishni, tirik organizmdagi kasallanishni, tabiiy uzgarishlarni aniqlash mumkin. Bu yerda muhim nukta bo’lib diagnostika qilinadigan tizimni funksional strukturasini tushunish zarurligi hisoblanadi.
Misollar:
- kon tomirlari diagnostikasi va terapeyasi;
- EXM apparaturasi va matematik ta’minotidagi xatoliklar diagnostikasi.
Monitoring
Monitoringni asosiy vazifasi - vaqtning real masshtabida ma’lumotlarni uzluksiz qayta ishlash va milliy chegaralaridan chiqish haqida ma’lumot berib turish. Bunda bosh muammo - ayrim situatsiyalarni utkazib yuborish va yelgondan yeki noto’g’ri signalizatsiyaning ishlab ketishi.
Misollar: - Elektrostansiya ishini nazorat qilish SPRINT, atom reaktori dispetcheriga yerdam REACTOR ekspert tizimlari.
Loyihalash
Loyihalash deganda oldindan aniqlangan xossalariga ega ob’ektlarni
spesifikatsiyasini tayerlashni tushunamiz. Spesifikatsiya deganda xamma kerakli xujjatlar - chizma, tushuntirish yezuvi va x.k. larni tushunamiz. Bu yerda asosiy muammo - ob’ekt to’g’risida anik struktura bilimiga ega bulishdir. Effektiv loyihalashni tashkil qilish uchun, nafakat loyiha yechimlarini, ularni kabul qilish motivlarini ham anik qilish kerak.
Shunday qilib loyihalash masalalarida 2 asosiy jaraen uzaro boglik, bular: yechimni chiqarish jaraeni va tushuntirish jaraeni.
Misollar:
- EXM konfiguratsiyasini loyihalash VAX - 11/780;
- katta integral sxemalarni loyihalash - CADHELP.
- elektrik tarmoqlar sintezi - SYN.
Prognozlash
Prognozlovchi tizimlar berilgan vaziyatlardan mantikiy natijalar chiqaradi. Prognozlovchi tizimda odatda berilgan situatsiyaga parametr qiymatlarini moslovchi parametrik dinamik model qo’llaniladi. Ushbu modeldan chiqariladigan natija extimoli baxolar bilan qilingan prognozlar asosida tashkil kiladi.
Misollar:
robotni uzini tutishni rejalash - STRIPS;
- sanoat zakazlarini rejalash - ISIS;
- tajribani rejalash - MOLGEN;
O‘qitish
O’qitish tizimlari EXM yerdamida kaysidir bir fanni urganishdagi xatolarni aniqlaydi va to’g’ri yechimlarni taklif kiladi. Ular ukuvchi bilimidagi kuchsiz joylarni diagnostika kiladi va ularni yukotishni rejalashtiradi. Bundan tashkari ular ukuvchining muvaffakiyatiga karab uni bilimlarini utkazib olish uchun mulokotni rejalashi ham mumkin.
Misollar:
- LISP dasturlashtirish tiliga o’qitish tizimi;
- Paskal tiliga o’qitish PROUST tizimi.

Yüklə 413 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin