Takrorlash uchun savollar:
BILIMLAR BAZASIda qanday bilimlar saqlanadi?
ETning qaysi ichki tizimida yechim yuzaga keladi?
ETning qaysi ichki tizimi “shaffoflik”ni ta’minlaydi?
BILIMLAR BAZASI tahrirlagichi vazifalari.
ETning qaysi qismlari foydalanuvchi bilan muloqotni tashkillashtiradi?
Bilimlarni ifodalash modulidan kim foydalanadi?
3– Ma’ruza. Ekspert tizimlarlarning klassifikatsiyasi. Ularni
ishlab chiqish texnologiyasi
Reja:
Ekspert tizimlarning predmet sohalari.
Ekspert tizimining umumiy strukturasi. Asosiy tushunchalari va ta’riflar.
Ekspert tizimlari klassifikatsiyasi.
Ekspert tizimlarini qurish vositalari.
Ekspert tizimlarni tuzish texnologiyasi.
Foydalanilgan adabietlar
1. Informatika. Bazovыy kurs. Pod red. S.V. Simonovicha Sank-Peterburg, 2001g.
2. Informatika. Pod red. prof. N.V.Makarovoy M.: 1997g.
3. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Akad.S.Gulomov va boshqalar. T.: "Shark", 2000y.
4. S.S. Gulomov va boshk. Iqtisodiy infarmatika.T.: "Uzbekiston",1999y.
1. Ekspert tizimlarining predmet sohalari
Hozirgi davrda ekspert tizimlarining yaratish iqtisodchilar, moliyachilar, muxandislar, xakimlar, psixologlar, dasturchilar, tilshunoslar kabilarning keng katlamlarida katta kizikish uygotmokda. Afsuski, ushbu kizikish bush moddiy ta’minotga ega - ukuv qo’llanmalari va maxsus adabiet yetishmasligi, sun’iy intellekt ishchi stansiyalari va simvoli protsessorlar yukligi, ushbu sohadagi izlanishlarni kam moliya bilan ta’minlanganligi, ekspert tizimlar tuzish uchun dastur ta’minotini kamligi katta ta’sir kilmokda.
Shuning uchun mulokot tizimlari va amaliy dastur paketlariga o’xshash va soxta ekspert tizimlari tarkalmokda, ular foydalanuvchilar kuz ungida kelajagi porlok yunalishning rolini kamaytirmokda. Ekspert tizimlari tuzish uchun yukori darajadagi professional mutaxassislar zarur, ular sun’iy intellekt sohasida ham mutaxassis bulishi kerak, bundaylarni esa oliy ta’lim muassasalari kam yetkazmokda. Zamonaviy ekspert tizimlari tajribani kupaytirish va iqtisodning barcha sohalaridagi mutaxassislar ishlarini amallashtirishda keng qo’llaniladi. An’anaga kura bilimlar ikki xil kurinishda buladi - jamoa va shaxsiy tajriba bilimlari.
Agar aksariyat bilimlar jamoa tajribasi asosida yetgan bo’lsa, (masalan, oliy matematika), bunday predmet sohasi ekspert tizimi tuzishga muxtoj emas.
Agar predmet sohasida bilimlarning aksariyat kismi yukori darajadagi mutaxassislar tajribasidan iborat bo’lsa, va bilimlar kam strukturlashtirilgan bo’lsa, bunday sohalar ekspert tizimlariga muxtoj buladi.
Shaxsiy bilimlar
Jamoa bilimlar
Ekspert tizimlari qurishga muxtoj bulmagan predmet sohasi
S haxsiy bilimlar
Jamoa bilimlar
Ekspert tizim qurishga muxtoj bo’lgan predmet soha
Dostları ilə paylaş: |