Сунъий интеллект


Kompyuterning yangi arxitekturalari



Yüklə 413 Kb.
səhifə22/36
tarix02.03.2023
ölçüsü413 Kb.
#86212
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Сунъий интеллект

Kompyuterning yangi arxitekturalari. Bu yunalish simvolli va mantikiy ma’lumotlarni qayta ishlashga yunaltirilgan yangi apparat yechimlari va arxitekturalarni ishlab chiqish bilan shugullanadi. Kompyuterlarning 5 va 6 avlodlari yaratilmokda.
Intellektual robotlar. Robotlar - inson mexnatini avtomatlashtiruvchi elektromexanik kurilmalardir. Robotlarni yaratish fikri kadimiy bo’lib hisoblanadi. Robot suzi esa 20 - yillarda chex yezuvchisi Karel Chapek tomonidan taklif etilgan. Birinchi robotlar yasalishidan boshlab hozirgacha uning bir necha avlodi almashdi.
Uz-uzini xosil kiluvchi yoki intellektual robotlar. Bu robot texnikasining rivojlanishida oxirgi pirovard maksaddir. Intellektual robotlar yaratishdagi asosiy muammo - uning qurish kobiliyatini yaratish muammosidir. Hozirgi vaqtda jaxonda yiliga 60 mingdan ortik robotlar yaratilmokda.
O’qitish va o’z - o’zini o’qitish. Bu sun’iy intellektning tez rivojlanaetgan bulimlaridan hisoblanadi. U uzida tahlil va ma’lumotlarni yigish asosida avtomatik ravishda bilimlarni tuplashga yunaltirilgan usullar, algoritmlar va modellarni mujassamlashtiradi. Shuningdek misollar yerdamida o’qitish, belgilarni bilishning an’anaviy yunalishlaridan ham foydalanadi.
Ma’lumotlar va bilimlar.
Ma’lumotlar - biror predmet sohadagi ob’ektlar, jarayonlar va xodisalarni xarakterlovchi, ularning xarakterlarini bildiruvchi aloxida olingan dalillardir.
EXMda qayta ishlanganda ma’lumotlar shartli ravishda quyidagi bosqichlardan o’tadi;
- ma’lumotlar, ulchovlar va kuzatishlar natijasi sifatida;
- ma’lumotlar ularni tashuvchilarda (jadvallar, ma’lumotnomalar);
- ma’lumotlar strukturasi (modelli) diagramma, grafik, funsiyalar kurinishida;
- ma’lumotlar kompyuterda ma’lumotlarni tavsiflash tilida;
- ma’lumot tashuvchilar bo’lgan ma’lumotlar bazalarida.
Bilimlar esa ma’lumotlar bilan boglangan bo’lib, ularga asoslanadi, lekin ular inson fikrlash kobiliyati natijasi bo’lib, biror amaliy faoliyatdagi olgan tajribalarni birlashtiradi. Ular empirik yo’l bilan xosil qilinadi.
Bilimlar bir sohadagi masalalarni yechishi mumkin bo’lgan, biror predmet oblastining aniqlangan konuniyatidir (prinsiplar, boglikliklar, konunlar).
EXMda qayta ishlashda bilimlar ma’lumotlar kabi kurinishlarni oladi:
- bilimlar inson xotirasida fikrlash natijasi sifatida;
- bilimlarni moddiy tashuvchilari (ukuv qo’llanma, uslubiy qo’llanmalar);
- bilimlar maydoni - biror predmet sohadagi asosiy ob’ektlarni, ularning atributlarini va boglovchi konuniyatlarni shartli tavsifi;
- bilimlarni taqdim etish tillarida tavsiflangan bilimlar (produksion tillar, semantik tarmoqlar, freymlar).
Ko’pincha bilimlarni quyidagi ta’rifi ishlatiladi:
Bilimlar - bu yaxshi strukturlashgan, yoki ma’lumotlar haqidagi ma’lumotlardir.


Yüklə 413 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin