Sun`iy intellekt qaysi sohada eng zarur? Albatta, meditsinada.
Sababi hozir bilasiz butun Yer yuziga “koronavirus” infeksiyasi tarqalgan. Yurtimizda hali ham bu virus avj olib bormoqda. Qanchadan-qancha shifokorlarimiz bu virus bilan kasallangan bemorlarimizni davolash maqsadida o`zlari ham shu kasalga chalinishmoqda. Lekin buni yechimi bor. Hozir texnologiya asri. Biz bu virusga qarshi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishimiz kerak. Ya`ni “Sun`iy intellekt”dan.
G`oya shundan iboratki, biz o`z shifokorlarimizni bu bema`ni virusdan omon saqlashimiz uchun ularning o`rniga sun`iy intellekt kiritilgan robotni bemorlarga qarash uchun har bitta kasalxonaga bittadan qo`yish kerak. Ular tezlik bilan har bir kasalning oldiga borib uning issig`ini o`lchab, kerakli dori-darmonlar berib, boshqa kasalning oldiga yetib borishi kerak.
Shifokorlarning o`rniga robot qo`yishning asosiy sabablari: Virus yuqush xavfi tug`ilmaydi(sababi u robot)Robot o`z nomi bilan robot, u tezlik bilan bir bemorga qarab ikkinchi bemor tomon tez harakatlanadi
Lekin bunday robotlardan hech qayerda yo`q deb aytolmaymiz. Sababi, ko`plab rivojlangan davlatlarda shu sun`iy intellektga asoslangan robotlar kasalxonalarda bemorlarga g`amxo`lik qilmoqdalar.
Saratonni aniqlash uchun foydalanib kelingan sun’iy intellekt endi COVID-19 koronavirusini topishda ham ishlatiladi. Dasturiy ta’minotdan Xitoyning 34 ta gospitalida foydalanildi va uning yordamida 32 mingdan ortiq holat bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Neowin.
hokazolar ham sun’iy intellektga yaqqol misol bo‘la oladi. Faqat ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina sizga yordam bera oladi. Ya’ni, bajarmoqchi bo‘lgan amallaringiz turiga qarab tegishli dasturdan foydalanasiz. Hozirda SI turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
1990 yillarda SI taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep Blue nomli
IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi.
SIning yorqin namunalaridan yana biri – IBM Watson superkompyuteri bo‘lib, u o‘z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi. Shuningdek, ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil yordamchi Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni SIning yutuqlaridan biri sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi.