Ekspert tizimlarining qanday komponentalari movjud?
Foydalanuvchi interfeysi – ekspert tizimining eng muhim qismi hisoblanadi, va ushbu komponent foydalanuvchi so'rovini maxsus shaklda o’qib oladi va uni
“Mantiqiy operatorlar moduli” ga yuboradi, o’z navbatida natijalarni foydalanuvchiga namoyish etadi. Boshqacha aytganda, bu foydalanuvchiga mutaxassislar tizimi bilan aloqa o'rnatishga yordam beradigan interfeys.
Mantiqiy operatorlar moduli – ekspert tizimining miyasi sifatida ishlaydi va muammoni hal qilish uchun bilimlar bazasi asosida qurilgan qoidalar hamda qoniniyatlar to’plamidan foydalanadi, kerakli qonuniyatni o’zi avtomatik tanlaydi. Ushbu komponent xulosalarni shakllantirishda ham yordam beradi.
Bilimlar bazasi – bu faktlar (qonuniyatlar) ombori bo’lib, qaralayotgan muammo sohasi haqidagi barcha bilimlarni saqlaydi. Bu ma'lum bir sohaning turli mutaxassislaridan olingan bilimlar to’plami hisoblanadi
Muammoni aniqlash, ma’lumotlarni tayyorlash, algoritmni ishlab chiqish va baholash, natijaviy ma’lumotlar aniqligini oshirish va yakuniy natijani taqdim qilish – bular qanday jarayonning bosqichlari hisoblanadi
Regressiya bu – ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish usullaridan biri bo’lib, obyekt yoki jarayonga tegishli o'zgaruvchilar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni baholash uchun statistik jarayonlar to'plami
hisoblanadi.
Regression tahlilni qanday usullar asosida amalga oshiriladi.
Regression tahlil chiziqli yoki nochiziqli, o’z navbatida logistic regressiya usullari asosida amalga oshiriladi.