Surunkali yallig'lanish


INTERSTITSIAL VA PERIVASKULYAR YALLIG'LANISH



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə7/7
tarix30.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#81639
1   2   3   4   5   6   7
PATAN 7

INTERSTITSIAL VA PERIVASKULYAR YALLIG'LANISH


Yallig'lanishning bu turi perivaskulyar bo'shliq va organlar interstitsiyasida limfotsitlar, makrofaglar va goho plazmatik hujayralardan iborat infiltratlar paydo bo'lishi bilan ta'riflanadi (52-53- rasmlar). Zaxm, rikketsiozlar va virusli infeksiyalar mahalida kuzatiladi. Virusli infeksiyalarda jo'da kamdan-kam hollarda polimorf yadroli leykotsitlar yallig'lanish reaksiyasida ishtirok etishi mumkin. Tabiatan viruslarga aloqador ensefalitda miya to'qimasida mononuklearlardan iborat perivaskulyar infiltratsiya topiladi. Poliomiyelit perivaskulyar va interstitsial infiltratlar paydo bo'lishi bilan ta'riflanadi. Virusli miokardit interstitsial shish va mononuklear infiltratsiya paydo bo'lishi bilan birga davom etib boradi. Rikketsiyalar tufayli paydo bo'lgan kasalliklar paytida tomirlar endoteliysi proliferatsiyaga uchraydi (ma'lumki, rikketsiyalar hujayra ichida yashovchi parazitdir). Tomirlar devori zararlanganligi munosabati bilan ularda nekrozlar boshlanib, tomir yorilib ketishi mumkin.
Ich terlama kasalligi paytida Peyer pilakchalaridagi gistiotsitlardagina emas, balki miya glial hujayralarida ham reaksiya boshlanib, bularda perivaskulyar infiltratlar paydo bo'lishi, mayda tomirlar zararlanishi mumkin (tifoz vaskulitlar). Zaxm qo'zg'atuvchisi asosan plazmatik va mononuklear hujayralardan iborat perivaskulyar infiltratlar yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.
Yuqorida aytib o'tilgan infeksiyalar mahalida mononuklear infiltratsiyalar paydo bo'lishining mexanizmi to'la-to'kis aniqlangan emas. Buning mexanizmi tabiatan immunologik jihatga bog'liq bo'lishi, ya'ni immunitetga javobgar hujayralar limfotsitlar, plazmotsitlar va makrofaglarning jarayonga ko'shilib ketishiga aloqador bo'lishi ham mumkin.
Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin